O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Keltirilgan inersiya momenti va yuklanish momentlari -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182
Keltirilgan inersiya momenti va yuklanish momentlari - 
elektr yuritma 
mexanika qismlari va ishchi mashina ijrochi organining mexanik harakatlanuvchi 
qismlari inersiya momentlarining elektr motor valiga ta’sir etuvchi yagona 
ekvivalent inersiya momenti bilan almashtirilgan qiymati elektr yuritmaning 
keltirilgan inersiya momenti deyiladi. 
Elektr yuritma mexanika qismlari va ishchi mashina ijrochi organining mexanik 
harakatlanuvchi qismlari aylantirish momentlarini elektr motor valiga ta’sir etuvchi 
yagona ekvivalent moment bilan almashtirilgan qiymati elektr yuritmaning 
keltirilgan yuklanish momenti deyiladi. 
Elektr yuritmaning turg‘un harakati - e
lektr motor hosil qiladigan elektrmagnit 
moment bilan ijrochi organ yuklanish momentining o‘zaro teng bo‘lishi, elektr 
yuritma harakatining turg‘un bo‘lishiga olib keladi, ya’ni harakatning o‘zgarmas 
ekanligini yoki harakat to‘xtaganligini anglatadi. 
 Elektr yuritmaning noturg‘un harakati - 
elektr motor hosil qiladigan elektr-
magnit moment bilan ijrochi organ yuklanish momentining o‘zaro teng bo‘lmasligi 
elektr yuritma harakatining noturg‘un bo‘lishiga olib keladi. Agar elektr motor 
hosil qiladigan elektrmagnit momentning ishchi mexanizm ijrochi organi yuklanish 
momentidan katta bo‘lishi elektr yuritma harakatining tezlanishli xarakterli 
bo‘lishini, aks holda, yuklanish momentining motor elektrmagnit momentidan 
katta bo‘lishi elektr yuritma harakatining so‘nuvchanlik xarakterda bo‘lishini 
bildiradi. 
Elektr yuritmaning koordinatalarini rostlanishi - 
elektr yuritma bajarayotgan 
vazifadan kelib chiqib, ishchi mashina ijrochi organi harakatini boshqarishda elektr 
yuritmaning tezligi yoki tezlanishi, momenti, toki va ijrochi organning fazodagi 
o‘rni kabi koordinatalarining qiymatlari texnologik jarayon talabidan kelib chiqqan 
holda keng oraliqda rostlanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin