O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Elektr yuritmaning mexanika qismi qurilmalari -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   182
 Elektr yuritmaning mexanika qismi qurilmalari - 
elektr yuritmaning mexanika 
qismiga mexanik harakat qiluvchi, ya’ni aylanma yoki ilgarilanma harakat qiluvchi 
qismlari kiradi. Bu qismlar elektr motor valini ishchi mashina ijrochi organi bilan 
o‘zaro mexanik bog‘lovchi reduktorlar, shkivlar, transportyor lentalari, tasmali va 
zanjirli uzatmalar va shuningdek turli gidravlik va elektrmagnit muftalar tashkil 
qiladi. 
 Elektr yuritmaning harakat tenglamasi - 
elektr yuritmaning harakat tenglamasi 
birinchi tartibli differensial tenglama bo‘lib, elektr motorning harakatlanuvchi 
qismi (rotori yoki yakori) va har qanday mexanik harakatlanuvchi qismlarining 
(reduktor, variator va h.k.) aylanma yoki ilgarilanma turdagi noturg‘un va turg‘un 
harakatlarining qanday kechishini va bu harakatlarga elektr yuritma 
harakatlanuvchi mexanik qismlarining umumlashgan inersiya momentlarining 
ta’sirini ifodalaydi va elektr yuritma harakatining tezlanuvchan yoki so‘nuvchan 
xarakterga ega ekanligini ham tom ma’noda belgilaydi. 
Ishchi mashina ijrochi organining mexanik tavsifi - 
ishchi mashina ijrochi 
organi tezligining ishlashi davomida hosil qiladigan momenti yoki zo‘riqishga 
bog‘liqlik tavsifi ishchi mashina ijrochi organining mexanik tavsifi deyiladi. 
Yuklanish momentlarining xarakteriga ko‘ra turlari - y
uklanish momentlari 
xarakteriga ko‘ra aktiv va reaktiv turlarga bo‘linadi. Tezlik yo‘nalishiga bog‘liq 
bo‘lmagan yuklanish momentlari aktiv yuklanish momentlari deyiladi. Masalan, 


354 
yuk ko‘targich mexanizmning hosil qiladigan yuklanish momenti. Harakat 
yo‘nalishiga doimo teskari yo‘nalgan yuklanish momentlari reaktiv yuklanish 
momentlari deb ataladi. Masalan, ishqalanish kuchlari hosil qiladigan momentlar.
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin