350
GLOSSARIY
«Elektr yuritma» atamasi -
«Elektr yuritma» atamasi ishchi mashina ijrochi
organini harakatga keltiruvchi elektr motor va uni boshqarishga
xizmat qiluvchi
boshqariluvchi o‘zgartgich, elektrik va noelektrik o‘lchov o‘zgartgichlari,
vazifalovchi qurilma va mexanik uzatish qurilmasi kabi qo‘shimcha texnik
qurilmalar bilan bir majmuani tashkil etgan elektrmexanik tizimni anglatadi.
Elektr yuritmalar turlari -
Elektr yuritmalar elektr motorlarning o‘zgarmas yoki
o‘zgaruvchan tokda ishlashiga qarab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr
yuritmalarga bo‘linadi. Elektr motorlarning
aylanma yoki ilgarilanma
harakatlanishiga qarab elektr yuritmalar aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi
xillarga ajratiladi.
Elektr yuritmalardagi elektr motorlarning soniga ko‘ra elektr yuritmalar
individual
va ko‘p motorli turlarga bo‘linadi. Ishchi mexanizm yoki mashinaning har bir
ijrochi organini alohida elektr yuritmalar harakatga keltirsa,
bunday elektr yuritma
individual elektr yuritmalar deb ataladi. Agar ishchi mexanizm yoki mashinaning
bir nechta ijrochi organlari bir necha elektr motorlar vositasida
harakatga keltirilsa,
u holda bunday elektr yuritmalar ko‘p motorli elektr yuritmalar deyiladi. Bir necha
elektr motorlarning vallari ishchi mexanizm ijrochi
organi bilan mexanik
bog‘langan holda uni harakatga keltirishga xizmat qilsa, ular elektr yuritmalarning
mexanik val deb ataluvchi turini hosil qiladi. Elektr zanjirlari o‘zaro bog‘langan bir
nechta elektr motorlardan iborat elektr yuritmalar elektr val deyiladi.
Elektr motorlarning tezligi rostlanishi yoki rostlanmasligiga
qarab elektr yuritmalar
tezligi rostlanadigan va tezligi rostlanmaydigan turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: