166
5. Doimiy momentli tezlikni va doimiy quvvatli tezliklarni rostlash farqini
tushuntiring.
6. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori rekuperativ tormozlanish rejimida
ishlash uchun uning tezligi qanaqa bo‘lishi kerak?
7. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori qanday
tormozlanish rejimlarida
ishlashi mumkin?
8. TO’ – D yuritmasida ishlatiladigan boshqariluvchi tiristorli to‘g‘irlagichlar
sinflanishini keltiring.
9. Boshqariladigan tiristorli to‘g‘irlagichning ishlash prinsipini tushuntiring.
10. TO’ – D tizimi bo‘yicha reversli elektr yuritma uchun tiristorli
o‘zgartirgichning qanday xususiyatlari bor?
11. TO’ – D tizimi bo‘yicha reversli elektr yuritmada mantiqiy qayta ulagichning
vazifasi nima?
12. Reversli tiristorli o‘zgartirgichni alohida boshqarish prinsipi nimadan iborat?
13. TO’ – D tizimi bo‘yicha yuritmaning xarakat va
tormozlanish rejimlaridagi
mexanik xarakteristikalar moslashishi uchun reversli tiristorli o‘zgartirgichning
boshqaruv burchaklari orasidagi nisbat qanday bo‘lishi kerak?
14. Kuchlanishning kuch tranzistorli rostlagichi ishlash prinsipini tushuntirig?
15. Impulslar chuqurligi nima?
16. TO’ – D tizimi bo‘yicha yuritma quvvat koeffitsienti taxminan nimaga teng?
17. Ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori aylanish yo‘nalishini
o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?
18. Ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori tezligini rostlash usullarini
sanab bering, ulardan qaysi iri tejamli?
19. Nima uchun ketma – ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas
tok motori erkin aylanish
rejimida ishlay olmaydi?
20. Boshqariladigan tiristorli to‘g‘irlagichning invertorli ish rejimi nima? Bu
rejimni ishlatish shartlari qanaqa?