6.8 - rasm. Bevosita bog‘langan chastota o‘zgartirgichining kuchlanish to‘g‘ri burchakli shaklda bo‘lgandagi kuchlanish epyurasi Agar α
b
va α
n
kattalikni chastotaning har yarim davri mobaynida
arkkosinus qonuni bo‘yicha rostlasak:
Α b = α n = A· arccos (2πf 1j t) A =
, unda faza kuchlanishlarining o‘rtacha qiymatlari sinusoidal
shaklga ega bo‘ladi:
U a = Asin
(2πf 1j t); U b = Asin
(2πf 1j t+2π/3);U c = Asin
(2πf 1j t+4π/3). Chiqish kuchlanishining kerakli shaklini hosil qilish uchun iste’mol
kuchlanishining chastotasi chiqish kuchlanishidan ancha yuqori bo‘lishi kerak.
182
6.7 - rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha bevosita bog‘langan chastota
o‘zgartirgichlari tarmoq chastotasi 50 Gs bo‘lganda chiqish chastotasini 0- 20
Gs qiymatga o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ushbu tipdagi
asinxron elektr yuritmalar ko‘proq hollarda sekin aylanuvchi reduktorsiz o‘rta
va katta quvvatli yuritmalarda qo‘llaniladi.
6.9 - rasm. BBCHO – AD elektr yuritmaning mexanik xarakteristikalari Bevosita bog‘langan chastota o‘zgartirgichining asosiy afzalligi iste’mol
tarmog‘i kuchlanishi ta’sirida ventillarning tabiiy ulanishidir (o‘zgarmas tok
yuritmalaridagi boshqariluvchi tiristorli o‘zgartiruvchilarda ro‘y berganga
o‘xshash). O‘zgartirgichni to‘g‘rilagich rejimidan invertor rejimiga o‘tkazish
imkoni borligi bois, ko‘rilayotgan sxemalarda tormozlanish energiyasini
tarmoqqa qaytarib berish bilan asinxron motorni tormozlash imkoni mavjud
(rekuperativ tormozlanish). Bevosita bog‘langan chastota o‘zgartirgichli
asinxron elektr yuritmaning mexanik xarakteristikalari 6.9 - rasmda keltirilgan.