O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182
6.
 
4. Avtonom invertorli chastota o‘zgartirgich – asinxron motor tizimli 
elektr yuritma. 
Bu tizimda oraliq o‘zgarmas tok zanjirli chastota o‘zgartirgichlar ishlatiladi. 
Bunday o‘zgartirgichning blok – sxemasi 6.10 - rasmda keltirilgan. 
Sanoat tarmog‘ining o‘zgaruvchan kuchlanishi avval rostlanadigan yoki 
rostlanmaydigan to‘g‘irlagich UZ1 yordamida to‘g‘irlanadi, undan keyin 
avtonom invertorga uzatiladi. Avtonom invertor o‘zgarmas kuchlanishni (yoki 
tokni) kattaligi va chastotasi rostlanadigan kuchlanishga (tok kuchiga) 
o‘zgartirib beradi. 
6.10
 
- rasm. Oraliq o‘zgarmas tok zanjirli chastota o‘zgartirgichli elektr 
yuritma blok – sxemasi 
O‘zgarmas tok oraliq bo‘g‘in kuchlanishi (yoki tok) kattaligini rostlash 
boshqariluvchi to‘g‘irlagich UZ1 orqali amalga oshiriladi, yoki (kuchlanish 
invertorlarida) birlamchi bo‘g‘in sifatida boshqarilmaydigan to‘g‘irlagich 
ishlatiladi, kuchlanishni rostlash esa keng impulsli modullash usuli bilan 
invertor orqali amalga oshiriladi.
Birinchi holatda boshqarish funksiyalari aniq ajratilgan: to‘g‘irlagich tok va 
kuchlanish kattaligini boshqaradi, invertor esa o‘zgartirgichning chiquvchi 
chastotasi kattaligini boshqaradi. Ikkinchi holatda har ikki vazifa invertor 
zimmasiga yuklatiladi.
Oraliq o‘zgarmas tok bo‘g‘inli o‘zgartirgichlarning eng asosiy qismlaridan 
biri filtrdir. Bu filtr ikki vazifani bajaradi: to‘g‘irlangan kuchlanish 
pulslanishini silliqlaydi hamda energiyani to‘plash va uzatish uchun tuzilma 
sifatida ishlaydi. Bu tuzilma asinxron motor chulg‘amlari va filtr orasidagi 
reaktiv quvvat almashinuvini tashkil qilish uchun kerak bo‘ladi. O‘zgartirgich 


184 
chiqishida yarim o‘tkazgichli to‘g‘irlagich o‘rnatilganligi sababli asinxron 
motor va tarmoq orasida quvvat almashinuvining iloji yo‘q. 
Elektr yuritmada ishlatiladigan avtonom invertor turidagi chastota 
o‘zgartirigichlar chiqish chastotasini Gs ning bir necha bo‘laklaridan tortib to 
yuzlab Gs gacha o‘zgartirish imkonini beradi. Yuqori chegara invertor 
ventillarining ulash qobiliyatiga, quyi chegara esa chiqish kuchlanishi yoki 
tokning sifatiga bog‘liq bo‘ladi; tokning nosinusoidal shaklida past 
chastotalarda motor chulg‘amlarida rotorning aylanish ravonligi buziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin