189
sinusoida bo‘yicha o‘zgaradigan o‘rtacha faza
kuchlanishini olishimiz mumkin.
Boshqaruv tizimi yordamida
amplitudani va ω
1*
=
burchak chastotani
o‘zgartirib, o‘zgartirigich chiqish kuchlanishi qiymatini va chastotani rostlashni
bajarish mumkin.
Asinxron motorni rekuperativ tormozlash uchun
kuchlanish invertorini
ishlatganda chiqishda ikki guruh ventilli reversli o‘zgartirgich o‘rnatilishi kerak. Bu
esa o‘zgartirgich sxemasini murakkablashtiradi va uning ishonchliligini
kamaytiradi. Shuning uchun kuchlanish invertorlarida odatda R razryad qarshiliklari
nazarda tutiladi (6.12 - rasmga qarang). Bu qarshilik esa tormozlash rejimiga VT7
tranzistori bilan ulanadi va unga tormozlanish energiyasi singadi.
Avtonom tok va kuchlanish invertorli o‘zgartirgichlarning turli xillari mavjud, ular
boshqa o‘zgartirgich texnikasi bo‘yicha adabiyotlarda ko‘rib chiqiladi.
6.5.
Asinxron ventilli kaskadlar va ikki tomonlama ta’minotli motorlar.
Asinxron motor tezligini ventilli kaskad va ikki tomonlama ta’minot
sxemalari bo‘yicha rostlash motor elektrmagnit maydoni
aylanish tezligi doimiy
bo‘lganda uning sirpanishini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Motor
statori chulg‘amlari bevosita iste’mol tarmog‘iga ulanadi. Bu sxemaning asosiy
maqsadi – rotor zanjiriga ko‘chadigan sirpanish quvvatini foydali ishlatish. Bu
maqsadda asinxron fazali motor rotor zanjiriga qo‘shimcha E.YU.K. kiritiladi.
Sirpanish energiyasidan unumli
foydalanish muammosi shundaki, rotor
E.YU.K. E
2
va unga
mos ravishdagi rotor toki I
2
sirpanishiga bog‘liq bo‘lgan
o‘zgaruvchan chastotaga ega (3.2. bobga qarang). Ventilli kaskad sxemalarida
(6.15 - rasm) faza rotorli asinxron motor rotor toki UD1 boshqarilmaydigan
to‘g‘irlagich yordamida to‘g‘irlanadi va rotorning to‘g‘irlangan
tok zanjiriga
o‘zgarmas tok E.YU.K.ga qarshi qo‘shimcha US2 invertor E.YU.K. i kiritiladi.
Transformator motor rotori kuchlanishi va tarmoq kuchlanishini
moslashtirish uchun xizmat qiladi.