158
1 – xarakteristika – motor «oldinga» yo‘nalishda ishlaganda (c nuqtasi)
qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok yo‘nalishini o‘zgartirsa va bir vaqtda motor
zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritilgan holat. Bunda
motor a nuqtada teskari
ulanish rejimiga o‘tadi va M
torm.
va bu moment ta’sirida motorning tormozlanishi
yuzaga keladi.
5.23 - rasm. Ketma – ket qo‘zg‘atishli motorning teskari ulanish rejimidagi
mexanik xarakteristikalari
Motor zanjiriga katta qarshilik ulanganligi sababli (2 - xarakteristika), motor
yuk ta’sirida hosil qilinadigan moment ta’sirida teskari yo‘nalishda
aylana
boshlaydi va b nuqtada ishlay boshlaydi. Undagi aktiv statik moment M
yuk
motor
tormoz momenti bilan muvozanatlashadi. Teskari ulash rejimi motor zanjiri va
qo‘shimcha qarshiliklarda katta energiya yo‘qotishlari bilan o‘ziga xosdir.
Ketma – ket qo‘zg‘atishli motorlarning dinamik tormozlanish rejimi ikki xil
variantda mavjud.
Birinchisi – motor
yakori qarshilikka ulanadi, qo‘zg‘atish chulg‘ami esa
manbadan qo‘shimcha qarshilik orqali ta’minlanadi. Bu rejimdagi motorning
mexanik xarakteristikalari mustaqil qo‘zg‘atishli motorning dinamik tormozlanish
rejimidagi mexanik xarakteristikalariga o‘xshash bo‘ladi.
Ikkinchi variantda motor o‘z – o‘zidan qo‘zg‘atishli
generator sifatida
ishlaydi (5.24 - rasm). Ushbu sxemaning alohida jixati shundaki, bunda xarakat
rejimidan dinamik tormozlanish rejimiga o‘tishda mashina magnitlanishining
159
yo‘qotilishidan saqlanish maqsadida qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok yo‘nalishini
saqlab qolish kerak. KM kontaktori uzilganda qo‘zg‘atish chulg‘amida
tok nolga
teng bo‘ladi. Lekin mashining magnit o‘tkazgichi magnitlangan bo‘lgani uchun
qoldiq qo‘zg‘atish oqimi saqlanib qoladi. Bu qoldiq
magnit oqimi motorning
aylanayotgan yakor chulg‘amida E.YU.K. vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu
E.YU.K. ta’siridan KU kontaktori ulanganda yakor chulg‘ami – qo‘zg‘atish
chulg‘ami – R qarshilikdan tashkil topgan zanjir orqali tok o‘tadi va mashina o‘z –
o‘zidan qo‘zg‘atiladi. Bu jarayon motor tezligi chegaraviy tezlik ω
cheg.
dan kata
bo‘lganda yuz beradi. O‘z – o‘zidan qo‘zg‘atish dinamik tormozlanish rejimi
mexanik xarakteristikalari 5.25 - rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: