O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


- rasm. Oqim chizig`ining tushuntirishga oid chizma



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə16/51
tarix02.01.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#39003
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Buxoro muhandislik -texnologiya instituti «texnologiyalar va jih

1- rasm. Oqim chizig`ining tushuntirishga oid chizma:

a- traektoriya, b-oqim chizig`i.

Hosil bo’lgan yangi vektorning davomida V dan masofadagi S nuqtada shu nuqtaga tegishli zarracha tezligining vektorini ko’ramiz.

vektorning davomida masofadagi D nuqtada shu nuqtaga tegishli zarracha tezligining vektorini ko’ramiz va x.k. Natijada AVSDE siniq chiziqni hosil qilamiz (1-rasm). Agar , , larni cheksiz kichraytira borib, nolga intiltirsak, AVSDE o’rnida biror egri chiziqni hosil qilamiz. Bu egri chiziq oqim chizig`i deb ataladi.

Yuqorida aytilgandan ko’rinib turibdiki, oqim chizig’i deb suyuqlik harakatlanayotgan fazoda olingan va berilgan vaqtda har bir nuqtasida unga o’tkazilgan urinma shu nuqtaga tegishli tezlik vektori yo’nalishiga mos keluvchi egri chiziqqa aytiladi. Beqaror harakat vaqtida tezlik va uning yo’nalishi vaqt davomida o’zgarib targani uchun trayektoriya bilan oqim chizig`i bir xil bo’lmaydi. Barqaror harakat vaqtida esa, tezlik vektori nuqtalarining vaziyati vaqt o’tishi bilan o’zgarmagani uchun, trayektoriya bilan oqim chizig`i ustma-ust tushadi.

Oqim trubkasi. endi, suyuqlik harakatlanayotgan soxada biror A nuqta olib, shu nuqta atrofida cheksz kichik kontur ajratamiz va shu konturning har bir nuqtasidan oqim chizig`i o`tkazamiz. U holda oqim chiziqlari oqim trubkasi deb ataluvchi trubka hosil qiladi (2-rasm). Oqim trubkasida harakatlanayotgan suyuqlik elementar oqimcha deb ataladi.



2- rasm. Oqim trubkasi.
Elementar oqimcha uchun suyuqlik sarfi.

Suyuqlik harakatini tekshirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan miqdorlardan biri harakat kesimidir.

Harakat kesimi deb shunday sirtga aytiladiki, uning har bir nuqtasida oqim chizig`i normal bo`yicha yo`nalgan bo`ladi.



Umumiy holda harakat kesimi egri sirt bo`lib (3-rasm), parallel oqimchali harakatlar uchun tekislikning bo`lagidan iborat (ya`ni tekis sirt) dir. Masalan, radial tarqalayotgan suyuqlik oqimi uchun harakat kesimi sferik sirt bo`lsa, o`zanda va trubada harakat qilayotgan oqimning harakat kesimi tekis sirtdir (3-rasm).

Elementar oqimchalar barqaror harakat vaqtida quyidagi xususiyatlarga ega bo`ladi:

1.Oqim chiziqlari vaqt o`tishi bilan o`zgarmagani uchun ulardan tashkil topgan oqim trubkasi o`z shaklini o`zgartirmaydi.

2.Bir oqimchada oqayotgan suyuqlik zarrachasi boshqa yonma-yon oqimchalarga o`ta olmaydi. Shuning uchun elementar oqimchalarning yon sirti oqimcha ichidagi zarrachalar uchun ham, tashqaridagi zarrachalar uchun ham o`tkazmas sirt bo`ladi.



3.Elementar oqimcha ko`ndalang kesimi cheksiz kichik bo’lgani uchun bu kesimdagi barcha nuqtalarda suyuqlik zarrachalarining tezligi o’zgarmasdir.




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin