Harakat vaqtida suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt o`tishi bilan o`zgarib tursa, bunday harakatga beqaror harakat deyiladi. Tabiatda daryo va kanallardagi, texnikada trubalardagi suyuqlikning harakati asosan boshlanganda va ko`p hollarda butun harakat davomida beqaror bo`ladi.
Agar suyuqlik oqayotgan fazoning har bir nuqtasida tezlik va bosim vaqt bo`yicha o`zgarmasa va faqat koordinatalariga bog`liq bo`lsa,
bunday harakatga barqaror harakat deyiladi. Bu hol truba va kanallarda suyuqlik ma`lum vaqt oqib turganda yuzaga kelishi mumkin. Oqim chizig`i, oqim trubkasi va oqimcha haqida tushuncha.Elementar oqimchalarning barqaror harakat vaqtidagi xususiyatlari.
Odatda biror voqea yoki hodisani tekshirishda uni butunligicha tekshirib bo`lmagani uchun biror soddalashtirilgan sxema qabul qilinadi va shu sxema asosida tekshiriladi. Gidravlikada suyuqlik harakati qonuniyatlarining tabiatini eng yaxshi ifodalab beruvchi sxema suyuqlik oqimini elementar oqimchalardan iborat deb qarovchi sxema hisoblanadi. Buni gidravlikada «suyuqlik harakatining oqimchali modeli» deb ataladi. Bu model asosida oqim chizig`i, oqim trubkasi va oqimcha tushunchalari yotadi.
a) Oqim chizig`i –suyuqlik harakat qilayotgan fazoda suyuqlikning biror zarrachasining harakatini kuzatsak, uning vaqt o`tishi bilan oldinma-ketin olgan vaziyatlarini 1,2,3… nuqtalar bilan ifodalash mumkin (1- rasm) va bu nuqtalarda harakatdagi zarracha har xil tezlik va bosimga ega bo`ladi. Shu nuqtalarni chiziq bilan tutashtirsak, suyuqlik zarrachasining traektoriyasi hosil bo’ladi. endi, suyuqlik zarrachasining tezligini kuzatamiz. Zarrachaning ko’rilayotgan vaqtda A nuqtadagi tezlik vektorini ko’ramiz. Shu vektor davomida A dan masofada turgan V nuqtada harakatdagi suyuqlik zarrachasining V nuqtaga tegishli tezlik vektori ni ko’ramiz.
Dostları ilə paylaş: |