O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Sifatlarda sub'ektiv baho formasi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə51/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

Sifatlarda sub'ektiv baho formasi. Sifatlarda ham ot so`zlardagi singari maxsus morfologik formalar bo`lib, bu formani olgan sifat so`zlovchining shu belgi orqali predmetga ijobiy munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. M: To`tiqiz ko`zi bilan shiringina kuldi. (M. I.)

-gina (-kina, -kina) qo`shimchalar ravishlarga qo`shilganda ham xuddi shunday ma'no anglashiladi: Xuddi kechagina bo`lganiday, vaxolanki oradan 35 yil utib ketibdi. (S. B.)



Nazorat savollari:

1- topshiriq. Berilgan sifat so`zlardan belgining ortiqligini, kamligini va o`sha ortiqligini namunaga qarab hosil qiling va ularning ma'nosidagi farqni so`zlab bering.

Tayyor, uzun, cho`ziq, yaqin, qiziq, silliq-, toza, yangi, eski, teskari, dumaloq, ko`k, qora, jigar, pakana.

Qizil - qip-qizil - qizg`ish; qora - qoramtir - qop-qora; pakana - pakangina - pak-pakana.

2- topshiriq. Berilgan qatorlardagi sifatlarga oddiy, qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlar bilan belgining kamligi va ortiqligi, o`ta ortiqligini ifodalovchi shakllar o`rtasida qanday semantik - grammatik farq borligini aytib tushuntiring.

qora-qoraroq,- eng qora- qoramtir- qop-qora:

sariq- sariqroq- eng sariq- sarg`ish- sap-sariq:

katta- kattaroq- eng katta -kattagina - kap-katta.



3- topshiriq. Berilgan juftliklarda -gina, -ning, -kina; -mitr, -imtir; -sh, -ish, qo`shimchalari sifatlarning ma'no jihatidan qanday farq qilishini ayting.

Yap-yangi kitob - yangigina kitob.

Tuppa-tuzuk bola - tuzukkina bola.

Pak-pakana odam - pakanagina odam.

Sap-sariq xotin – sariqqina xotin.

Kip-kizil baxmal - kizgish baxmal.

Oq surp – oqish surp.

Qora tun - qoramtir tun.

Ko`k tovoq - ko`kimtir tovoq.

Adabiyotlar:


  1. O`zbek tili grammatikasi. 1 tom, Toshkent, 1975, 271-306.

  2. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 1 qism. Toshkent, 1980, 251-256.

  3. U. Tursunov va boshq. Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili. Toshkent, 1992. 280-287.

  4. Sodikova M. Hozirgi o`zbek tilida sifat. Toshkent, 1974.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin