Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
Bog‘lovchi, yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilar, teng bog‘lovchilar, ergash-tiruvchibog‘lovchilar, zidlov, ayiruv bog‘lovchilar, aniqlov bog‘lovchisi, sabab bog‘lovchilari, chog‘ishtiruv bog‘lovchilari, maqsad bog‘lovchisi, shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilari.
1-savol bayoni: Bog‘lovchilarning grammatik vazifalariga ko‘ra turlari.
Bog`lovchilar gapdagi vazifasiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1.Teng bog`lovchilar.
2. Ergashtiruvchi bog`lovchilar.
Teng bog`lovchilar. Grammatik jihatdan teng munosabatli bo`lgan uyushik bo`laklarni yoki ayrim sodda gaplarni biriktiruvchi bog`lovchilar teng bog`lovchilardir. Masalan, Bahor ilik va saxiy keldi. Teng bog`lovchilar sintaktik vazifasi va ma'nosiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:
Biriktiruv bog`lovchilari: va, ham, hamda kabilar.
Zidlov bog`lovchilari: ammo, lekin, birok.
Ayiruv bog`lovchilari: yo, yoki, yoxud, goh…goh, dam…dam kabilar.
Biriktiruv bog`lovchilari. Biriktiruv bog`lovchilari uyushik bo`laklarni, shuningdek bog`lovchili boglangan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga boglaydi va ular orasidagi ma'no munosabatlarining tengligini ko`rsatib turadi.
Dostları ilə paylaş: |