O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


-savol bayoni: Bog‘lovchilarning qo‘llanishiga ko‘ra turlari: yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə111/131
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#40052
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
MORFEMIKA MAJMUA

3-savol bayoni: Bog‘lovchilarning qo‘llanishiga ko‘ra turlari: yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilar.

Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. Yakka bog‘lovchilar. 2. Takroriy bog‘lovchilar.

Yakka bog‘lovchilar uyushgan bo‘laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go‘yo, basharti, garchi, go‘yoki, holbuki, vaholanki.

Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o‘rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go‘yo ona o‘z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol).Ahli majlis Otabekni ko‘klarga ko‘tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandirg‘ijingandek ko‘rinar edi. (A.Qod.)

Takroriy bog‘lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari, shuningdek qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, ba’zan..., ba’zan, bir...,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go‘zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg‘ubor bo‘lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘ or ishni. (CHo‘lpon). Dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. (O.) Dadasi... erkatoy o‘g‘lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.)

Takroriy bog‘lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo‘llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so‘zlari esa yakka holda qo‘llansa bog‘lovchi bo‘la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo‘lgan yoki dunyodan ko‘z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o‘zingiz uzasizmi? (S.Ahmad).

Gaplarni va gap bo`laklarini bir-biriga boglaydigan so`zlar bog`lovchilardir. Bog`lovchilarga: va, ham, hamda, yo, yoki, yoxud, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun kabilar misol bo`ladi.

Bog`lovchilar lug`aviy ma'no ifodalamaydi. Grammatik jihatdan o`zgarmaydi. qo`llanishiga ko`ra bog`lovchilar yakka xolda va takroran ishlatiladi. Yakka bog`lovchilar gapning uyushgan bo`laklari va ayrim gaplar orasida yakka xolda qo`llanadi: va, hamda, ammo, biroq , balki, yoki, gar, basharti, go`yo kabilardir.

Takroriy bog`lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o`rinda gap bo`laklari yoki qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarni boglash uchun ishlatiladi. Takroriy bog`lovchilarga: dam…dam, yo…yo, goh…goh, bir…bir, yoki…yoki kabilardir.Takroriy bog`lovchilardan ayrimlari, jumladan bir (son), ham (yuklama), ba'zan (ravish) bog`lovchilashgan so`zlardir 3-topshiriq Bog‘lovchining ta’rifini ay­ting.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin