3-savol bayoni: Taqlid so`zlar komponentlarining bir-biriga munosabati va qo`llanishiga ko`ra turlari.
Taqlid so`zlar komponentlarining bir-biriga munosabati va qo`llanishiga ko`ra uchga bo`linadi.
Har ikki komponent ham mustaqil qo`llana oladigan juft so`zlar: g`ovur-g`uvur, shov-shuv, givir-shivir.
Komponentlaridan faqat bittasi mustaqil qo`llana oladigan juft taqlid so`zlar: ivir-shivir, shaqir-shuqir. Ular harakati tezlashadi, hammayoqni temirning shakir-sho`qiri sadosi kopladi. (O)
Asosiy ma'noni qaysi komponent anlatishiga qarab bu xil taqlid so`zlar ikkiga bo`linadi:
a) asosiy ma'no birinchi komponentda bo`lgan taqlid so`zlar: oramizad ham ishni orqaga suruvchi va'dabozlar , bel og`ritmasdan non eyuvchi, shaldir-shuldir pul sanovchi tekinxo`r shaxslar ham bor. Akram valatga o`xshagan chaqqonlar fosix afandining u yon-bu yondan shilt-shilt o`tib qoyavordi. (M. Ism).
b) asosiy ma'no ikkinchi komponentda bo`lgan taqlid so`zlar: Ahmad Xusayn haqguy kitoblar haqida Sharif Sulaymon bilan bahslasharkan, nogahon qiy-chuv ko`tarib bir gala bola eshikdan kirib keldi. (O)
Har ikki komponenti ham mustaqil qo`llanmaydigan juft taqlid so`zlar: E'zozxon to`shakni apil-tapil yig`ib taxmonga olib borib tashladi-da, erga ko`rpacha yozdi. (X.G`). Sultonmurod majilisdagilarning gapidan Alisherning ham saroyda ekanligini angladi, gangir-gungir suhbatga quloq solib o`tirdi. (O).
Taqlid so`zlar gapda, asosan, xol va aniqlovchi bo`lib keladi. Taqlid so`zlar fe'larning oldida kelib, harakatning qay holatda, ravishda bajarilganligini ko`rsatadi. Bunday xususiyatlari bilan ular ravishlarga ancha yaqin turadi va gapda xol vazifasini bajaradi: Piq-piq yig`laysiz, xayitda kiyimsiz qolgan qizday o`kinasiz, qo`lingizni chekkangizga tirab ux tortasiz (O)
Taqlid so`zlar otlardan oldin kelib predmetlarning tovush tomondan belgi-xususiyatlarini ko`rsatib , gapda aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Taqlid so`zlar gapning kesimi vazifaisda ham kela oladi. Taqlid so`zlar gapda kesim funktsiyasida kelishi uchun, asosan, juft yoki takroriy formaga o`tadi: Tarvuzlar ham soy toshidek g`uj-g`uj. (B. Kerboboev) Shamol esardi g`ir-g`ir, yaproqlar shildir-shildir. (Q. Muhammadiy).
Taqlid so`zlar otlashganda gapda ot bajargan vazifani bajarishi mumkin. Bosh kelishik formasida gapda ega vazifasini bajaradi: Bo`lmasa shu ish tufayli bo`lgan qanchadan-qancha shov-shuv odam bolasini esidan chiqadigan gap emas edi. («Mushtum»)
Taqlid so`zlar otlashib tushum, chiqish, jo`nalish kelishik qo`shimchalarini olganda otlar kabi gapda to`ldiruvchi vazifasini bajaradi: Issiqda quruqda g`archillayotgan etigining qarchini pasaytirish uchun oyoq uchida yurib, harsangga yaqinlashadi. (S. Anorboev).
Dostları ilə paylaş: |