Nazorat topshiriqlari:
1-topshiriq. Quyidagi keltirilgan juft taqlid so`zlar qismlari ifodalayotgan ma'no xarakteridan kelib chiqib, ularni: 1) qismlari mustaqil qo`llana oladigan, 2) qismlari mustaqil qo`llana olmaydigan, 3) qismlardan biri mustaqil qo`llana oladigan guruhlarga ajrating.
G`uvir-chuvir, shov-shuv, alang-jalang, g`ivir-shivir, vag`ir-shag`ir, vij-vij, tars-turs, vagir-vigir; ivir-shivir, shakir-shuqir, shaldir-shuldir, taraq-turuq, yalt-yult, shart-shurt, qars-qurs, qiy-chuv, g`ala-g`ovur, g`idi-bidi, gangir-gungur, xang-mang, apil-tapil, apir-tapir.
2-topshiriq. Quyidagi gaplarda qo`llangan taqlid so`zlar qismlari ifodalayotgan ma'no va ulardan qaysi birini mustaqil qo`llay olish mumkinligini ayting.Qo`ra orkasida arava gildiraklarining taqir-tuquri eshitildi. (X.G`)
G`uldur-shaldur, taraqa-turuq o`zgarishsiz davom etadi. (A. Q.)
–Xay, ichkariga kir, chag`ir-chug`urdan qulog`im bitdi.
Kampir piq-piq yig`lab yubordi.Teatr ichi g`ovur-g`uvur bo`lib ketdi. G`ovur-g`uvurning dami pasaydi. (S.A)Sotuvchi uzatgan papirosni kulga olib xang- mang bo`lib qoldi. («Mushtum»)G`ala-g`ovur ichida allakimning baland ovozi yangradi. (M.I.)
3-topshiriq. Gaplardagi taqlid so`zlarni topib, qismlar ifodalayotgan ma'noni tushuntiring.G`uv-g`uv uchar bolari, Duv-duv uchar bolari.
Viz-viz-viz, Qani toping, kim biz? Oltin qo`ng`giz. (Q. M)
Oramizda… shaldir-shuldir pul sanovchilar, tekinxo`r shaxslar ham yo`q emas. (Gazetadan.)Kucha tomondan gurs-gurs oyoq tovushi keldi. (S.)
Karnay-surnaylarning g`at-g`ati bayram tongidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: |