6-mavzu:OT TURKUMINING SON KATEGORIYASI.
OTLARNING NOKATEGORIAL SHAKLLARI
1.Otlarningbirlikvakuplikshakllari;
2.Otlarningnokategorialshakllari.
Ot uchta grammatik kategoriyaga ega: son, egalik va kelishik kategoriyalari. Ot nutqda doimo son va kelishik kategoriyasi formasida bo`ladi. Bu otning nutqdagi ko`rinishidir. Egalik kategoriyasi esa otning grammatik shakllanishida doim ham qatnashavermaydi. Otning nol ko`rsatgichligi formasi ham bor. Birlik formadagi otlar bir jinsdagi predmetlarning bittasini anglatadi.Nol ko`rsatgichli forma birlikdadir. Masalan, shahar, odam, daftar, bur. Lekin ba'zi otlar birlik formada bo`lib, ayrim predmetlarning to`dasini anglatadi; xalq, armiya, olomon. Bu ko`plikning semantik usul bilan ifadalanishi deb yuritiladi. Bu otlar grammatik jihatdan birlik deb karaladi. Otlarning ko`plik formasi ikki va undan ortiq predmetlarning noaniq miqdorini bildiradi. Bu forma –lar affiksi orqali hosil bo`ladi; shaharlar, kitoblar, odamlar. Ko`plikning bunday ifodalanishi morfologik usul billan ifodalanish deyiladi. O`zbek tilida otning son formasi (birlik va ko`plik ) sintaktik munosabat ko`rsatmaydi. Son formalarida kelish jihatidan otlar ikki turga bo`linadi:
1). Birlik va ko`plik formaga ega bo`lgan otlar.
2). Faqat birlik formaga ega bo`lgan otlar.Sanash mumkin bo`lgan predmetlarning hammasi birlik va ko`plik formada kela oladilar. Otlar faqat birlik formada qo`llanishi asosan donalab sanash mumkin bo`lmagan predmetlarga xosdir. Bular quyidagilar:Abstrakt otlar ko`plik affiksini olmaydi: muhabbat, mardlik, o`qituvchilik.Sanash mumkin bo`lmay, faqat o`lchanadigan jismlarni anglatadigan otlar: to`z, yog, asal, neft, uzum, choy. Bunday otlarga -lar qo`shilganda ularning turi anglashiladi.Organizmdagi juft organlarni, shuningdek juft predmetlarni bildiruvchi otlar: qo`l, ko`z, etik, kalish. Bu otlarga -lar affiksi qo`shilganda, bo`lingan ko`plikni bildiradi: ung va chap kullar.Aslida bittadan ortiq bo`lmaydigan predmetlarning nomi ham faqat birlikda ishlatiladi: yurak, til kabi.
Atoqli otlar ichida –lar affiksining oladiganlari ham bor. Atoqli otlardan planeta va yulduz nomlari: Quyosh, Mars kabilar -lar olmaydi. Farxodlar - Farxod bir necha kishi ma'nosini ifodalaydi.
O`xshash ottenkali ko`plik. Bulardan tashqari – lar ko`plikni emas,xurmat (dadamlar),chama (uch kilolar), kuchaytirish (balolarga qoldim),kengroq joy tushunchasini (Mirzacho`llar) va boshqa ma'nolarni bildiradi. Son kategoryasi otdan boshqa turkumdlarga ham xos. Olmoshlarda: nima- nimalar?,kim- kimlar?, sizlar. Sifatlar otlashganda: kattalar , qizillar. Son otlashganda: soat to`qqizlar. Sifatdoshlar otlashganda: o`qiganlar hurmatda. Tuslovchi tarkibida –lar . ikki ma'noni ifodalaydi:
1). Ko`plik ma'nosi: odamlar, bir –birlariga kumak beradilar,
2). Hurmat,(sizlash) ma'nosida : Sizni Xursand, akam so`rab keldilar. Bu ayol onangiz bo`ladilarmi? (J, Abdullaxonov.)
Dostları ilə paylaş: |