Otlarning tuzilish jihatdan turlari
Otlar tuzilishi jihatdan sodda ot, qo‘shma ot, juft ot, qisqartma otlarga bo‘linadi.
1. Sodda ot bir o‘zak morfemadan tashkil topadi: daraxt, kitoblar, gulzor, uycha kabi.
2. Qo‘shma ot ikki va undan ortiq o‘zak morfemaning birikishidan hosil bo‘ladi: belbog‘ , atirgul, oqsoqol kabi.
3. Juft ot ikki o‘zak morfemaning o‘zaro teng bog‘lanishidan tuziladi: aka-uka, o‘y-xayol, temir-tersak kabi.
4. Qisqartma otlar birikma qismlarini qisqartish yo‘li bilan tuzilgan otlar: AQSH, MDH, O‘zMU kabi.
5. Takroriy otlar: choy-poy, in-iniga, tomir-tomiriga, don-dun, irim-sirim, yor-yor (qo‘shiq nomi).
Juft va takroriy otlar orasiga chiziqcha qo‘yib yoziladi.
Agar juft otlar o‘rtasida ikki otni bir-biri bilan bog‘laydigan u, yu tovushlari bo‘lsa, kirilcha yozuvda chiziqcha qo‘yilmaydi: Onayu bola - gulu lola. Takroriy otlar bir otni takrorlash yordamida hosil qilinadi: Aytilgan so‘zlar jon-jonidano‘tib ketdi. Tilimizda takrorlangan, so‘zning boshida kelgan undosh p eki
m undoshidan biriga almashadigan yoki unli tovushdan oldin
ptovushi orttiriladigan choy-poy, non-pon, qop-mop, osh-posh, pul-mul kabi takroriy otlar ham bor.
Dostları ilə paylaş: |