Ot tahlili namunasi
1. So‘rog‘i.
2. Ma’no turi (atoqli va turdosh otlar, turdosh otlarning turlari).
3. Birlik yoki ko‘pligi (soni)
4. Kelishigi.
5. Egalik qo‘shimchasi bo‘lsa,
|
uning shaxs-soni aniqlanadi.
6. Kichraytirish, erkalash, hurmatlash ma’nolari bo‘lsa, aniqlanadi.
7. Tuzilish turi.
8. Tub yoki yasamaligi.
9. Gapdagi sintaktik vazifasi.
|
9-mavzu: SIFAT-SO‘Z TURKUMI
Sifatning leksi- grammatik xususiyatlari.
Mavzu rejasi
Sifatning ma'no guruhlari.
Asliy va nisbiy sifatlar.
Sifat darajalari.
Sifatlarda belgining ortiq-kamligini ifodalovchi va sub'ektiv baho formalari.
Mavzuga oid tayanch atama va iboralar: asliy sifatlar, nisbiy sifatlar, intensiv forma, sifat darajalari, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, sifat ma'no guruhlari, ma'za-ta'm sifatlari va x.
1- reja bayoni
Predmetning belgisini bildirgan mustaqil so`zlar sifat deyiladi. O`zbek tilidagi sifat so`zlar esa belgi to`dalariga ko`ra 9 turga bo`linadi:
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar. Bu to`daga mansub sifatlar insonlarning turli harakter - xususiyatlarni, shuningdek, predmetlarni belgilarini bildiradi: Kamtarin, mugombir, sodda, shux, zikna, ayyor va x. bu xil sifatlardan ba'zilari insonlarga, ham xayvonlarga, shuningdek, predmetlarga ham ishlatiladi: Yuvosh odam, yuvosh ot kabi.
Xususiyat bildiruvchi sifatlardan ayrimlari harakat belgisini ifodalashi ham mumkin: Mayin gapirmoq, yaxshi ishlamoq kabi.
2. Holat bildiruvchi sifatlar. Bu to`daga mansub sifatlar inson, xayvon va predmetlarning turli holat belgisini ifodalaydi: Xursand, badavlat, ma'yus, keksa va x. Bu to`daga oid sifatlar ko`proq harakat belgisini ifodalashga moyilroq bo`ladi: Iliq qarshiladi, ma'yus so`zladi.
3. Shakl - ko`rinish bildiruvchi siftlar turli tashqi qiyofa va tuzilishlarni predmetlerning shakliy ko`rinishlarni bildiradi: Gavdali, novcha, uzunroq, yassi kabilar.
4. Rang- tus bildiruvchi sifatlar. Bu gruppaga tegishli sifatlar predmet belgisini ifodalashgagina xoslangan: oq, qora, qizil, sariq, ko`k, pushti.
Xajm - o`lchov bildiruvchi sifatlar. Keng, tor, uzun, yaqin, katta.
Maza- ta'm bildiruvchi sifatlar: Shirin, nordon, achchik, chuchuk, ta'msiz.
Xid bildiruvchi sifatlar: Xushbo`y, badbo`y, qo`lansa, sassiq va b.
Predmetning o`rin va vaqtiga nisbatan belgisini bildiruvchi sifatlar: Yozgi, qishki, kuzgi, ichki, sirtqi kabi.Tabiiy holatni ifodalovchi sifatlar: Yosh, qari, keksa, o`rta yosh.
Sifatlarning ma'no to`dalari va ularning ma'no ifodalash xususiyatlarida ko`rinib turibdiki, sifat so`zlar nafaqat predmet belgisini, balki ularning ayrim to`dalriga mansublari harakat belgisini ifodalash xususiyatlariga ham ega bo`lar ekan. Lekin shuni unutmasligimiz kerakki, sifat turkumiga oid so`zlarning asosiy xususiyati predmetga xos belgini ifodalashdir. Demak, sifat uchun umumkategorial predmet belgisini ifodalashdir. Sifatlar boshqa so`z turkumlaridan o`ziga xos ma'nosi, maxsus forma yasovchi va so`z yasovchi qo`shimchalariga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi. Ot bilan bog`lanib kelganda hech qanday o`zgarishga uchramaslik, ya'ni o`zgarmaslik ham sifatning o`ziga xos morfologik xususiyatlaridan biridir: Oq devor, oq devorni, oq devorda, oq devordan, oq devorning kabi. Sifat turkumiga xos yana bir morfologik belgi uning daraja kategoriyasiga va darajani ko`rsatuvchi grammatik formalar sistemasiga egaligidir: Chiroyli - chiroylirok kabi. Sifat so`zlarning juda ko`p qismini yasama sifatlar tashkil etadi, ya'ni sifatlarning ancha qismi maxsus sifat yasovchi qo`shimchalar vositasida yasalganki, bu ham sifat so`zlarning asosiy belgilarida biri bo`lib hisoblanadi: AqlQli. Sifat so`zlarning gapdagi asosiy sintaktik vazifasi aniqlovchi va xol bo`lib kelishdir. Masalan, Nadya pishiq va to`qri qiz edi (O.). Yoki: Oppoq qordir tog`larning toshi, daryo tiniq, osmon beg`ubor. (X. O.)
Nazorat savollari:
1. O`zbek tilidagi sifat so`zlarning belgi ifodalash to`dalari (ma'no guruhlari)ga ko`ra turlarini aytib bering.
2. Sifatlarning umumkategorial ma'nosini izohlang.
3. Sifat so`zga xos belgilarni ajrating.
savol bo`yicha dars maqsadlari: talabalarning asliy va nisbiy sifatlar bo`yicha bilimlarini kengaytirish va mukammalashtirish;
Sifat so`zlarining belgi anglatishi turlicha bo`ladi: Ba'zilari predmet belgisini to`g`ridan-to`g`ri ifodalasa, ba'zilari belgi ma'nosini bir predmetning boshqa predmetga bo`lgan munosabatiga ko`ra anglatadi. Ana shu xususiyati hisobga olinib sifat so`zlar ikkiga: Asliy va nisbiy sifatlarga bo`linadi.
Predmet belgisini shu predmet o`ziga bog`lab, to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatsa, asliy sifatdir: qizil, ko`k, sariq kabi.
Predmet belgisini boshqa predmet belgisiga ko`ra ifodalanadigan sifatlar nisbiy sifatlardir: bilimli, chiroyli suvsiz kabi.
Nisbiy sifat belgini uch xil yo`l bilan ifodalaydi:
Predmetga nisbat berish yo`li orqali: harbiy unvon, bolali ayol.
Vaqtga nisbat berish bilan: hozirgi kun, bahorgi ekin.
O`ringa nisbat berish bilan: Sirdaryolik qiz, qishloqi yigit.
Asliy va nisbiy sifatlar bir-biri bilan quyidagilar bilan farq qiladi:
Asliy sifatlar predmet belgisini darajalab ko`rsata oladi.
Asliy sifatlarda intensiv forma yasalishi mavjud: sap-sariq, to`ppa-to`g`ri kabi.
Nisbiy sifatlarda bunday forma yasalish yo`q.
Asliy sifatlarda belgining kamligini ifodalovchi forma yasalishi bor: oq-oqish, ko`k-ko`kimtir kabi. Nisbiy sifatlar bunday xususiyatga ega emas.
Asliy sifatlar fe'lga bog`lanib kelganda gapda ko`pincha xol vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |