O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Gormonlarning   kimyoviy  tuzilishi  va uning  biologik  faollik



Yüklə 246,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix02.01.2022
ölçüsü246,07 Kb.
#41488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
endokrin funktsiyalarning fiziologik tashkillanishi

3.2.Gormonlarning   kimyoviy  tuzilishi  va uning  biologik  faollik 

bilan   bog`liqligi 

Gormonlar  –  muhim  strukturaga  ega.  Fiziologik  jarayonlarning 

tizimli  boshqarish  kabi  ularning  yuqori  spetsifik,  biologik  faolligini 

ta`minlovchi  turli  kimyoviy  tabiatli  bioorganik  birikmalardir.  Reaktsiya 

qiluvchi  hujayradagi  gormonalli  retseptorning  bog`lovchi  markazining 

tuzilishi  bilan  gormonning  kimyoviy  komplementari  tuzilishi  jihatdan 

mos  kelishi  tufayli  va  hosil  bo`lgan    gormon  –  retseptorli  kompleksni 

hujayraga  gormonalli  birikmani  spetsifik    ta`sirlarini  qo`shishi  bilan 

gormonlar  tuzilishi  amalga  oshadi.  Gormonlarning  kimyoviy    tuzilishini 

va  xususiyatlarini    tahlil  qilish  bir  tomondan  ularning  biologik 

samarasini,    biosintez    va  transport  qilinish  yo`llari  va  periferik 

metabolizmlarini  amalga  oshish  mehanizmlarini  tushinish  imkonini 

bersa,    ikkinchi  tomondan,  ularni  biologik    materiallarda  analitik 

aniqlash  usullarini  ishlab  chiqish  uchun  gormonlarni  o`zini,    ularni  faol 

analoglari  va  antigormonlarni  maqsadli  sun`iy  sintezlash  uchun  ratsional  

asos bo`lib hizmat  qiladi.   




Hozirgacha  barcha  ma`lum  bo`lgan  gormonlarni  mRNK  va  ularning  

ko`plarining  genlarini  tuzilishlari  o`rganildi  va  aniqlandi  hamda  ularning  

molekulalarini  sintez  qilish  imkoniga  ega  bo`lindi.  Yaqinlargacha 

gormonlarni  sintezlash  uchun  kimyoviy  va  mikrobiologik  usullardan 

foydalanib  kelindi.    Gormonlarni  sintezlashda  keyingi  usullardan 

foydalanilganida  uning  ayrim    bosqichlarida  mikroorganizmlarning 

fermentlari  qo`llanilgan.  Keyingi  yillarda  gen    injeneriya  usullaridan 

foydalanilgan  holda  va  yangi  gormon  ishlab  chiqaruvchi    bakteriya 

shtammlarini  olish  hisobiga  qator  gormonal  birikmalarni  molekulyar  –

biologik sintezi  uchun real imkoniyatlar  yuzaga  keldi.   

Umurtqalilarning  ma`lum  gormonlari  kimyoviy  tuzilishi  bo`yicha  3 

ta  asosiy  sinfga  farqlanadi:  1)  Steroidlar;  2)  aminokislotalarning 

hosilalari;  3)oqsilli–peptidli  birikmalar.  12  rasmda  ko`rsatilganidek, 

ushbu  sinflarning  har  biri  oilalarga  bo`linadi,    ular  esa  guruhlarga 

bo`linadi.  Gormonlarni  sinflarga,  oilalarga,  va  guruhlarga    birikishi 

ularning  kimyoviy  strukturasining  turli  darajadagi  umumiyligiga  

asoslangan.  Demak,  evolyutsion  rivojlanish  yo`lining  umumiyligi,  fizik–

kimyoviy  va    biologik  xususiyatlarining  hamda  biosintez  va 

katabolizmlarining  yaqinligi  hisobga    olingan.  Shuni  ta`kidlash  zarurki, 

umurtqasizlarda  yuqorida  qayd  qilingan  gormonlar  sinflari  bilan  bir 

qatorda  to`yinmagan  yog`  kislotalar  efiri,    purinlarni    hosilalari  

hisoblanuvchi   gormonlar   ham  bor.   

Turli    gormonlarning  va  ularning  analoglari  molekulalarini 

tuzilishini    o`rganish    shuni  ko`rsatdiki,  ya`ni  ularning    strukturasidagi  

kabi    boshqa    biologik    faol    birikmalarning    strukturasida    ham  u  yoki 

bu  darajadagi    turli  funktsional    ahamiyatga  ega    ayrim    fragmentlarni  

aniqlash  imkoniga    ega  bo`lindi.  Xekteri  va  Braun  (1971),  G.S.Chipens 

(1972) va Yu.A.Pankov (1976) lar bo`yicha  ular   miyoridan  ortiq  yirik  

peptidlilarda  emas,    balki    etarlicha    yirik,    gormonlar    molekulalarida  

aniq    ko`rinadi.    Holbuki,    gormonal  molekulalarda    ideal    holatda  

quyidagilarni  ajratish  mumkin:  manzilli  fragmentlar  (gaptomerlar,  yoki  

rekognonlar)  –spetsifik    ta`sir  joyini    izlanishini    ta`minlovchi,    lekin 

o`zlari    hech    qanday    biologik    samara    hosil    qilmaydi;    aktonlar 

(effektomerlar,    ergomerlar)  –reaktsiya  qiluvchi  hujayralarda    gormonal  

samarani    qo`shilishida  bevosita    ishtirok    etuvchi,    lekin    retseptorlar  

bilan 


spetsifik 

yomon 


bog`lanuvchi 

fragmentlar; 

yordamchi 

(qo`shimcha)  fragmentlar,  ya`ni  ushbu  gormonal  samarani  amalga  

oshirilishida    to`g`ridan  –to`g`ri  ta`sir  ko`rsatmaydi,  lekin  gormonning 



stabilligini  o`zgartiradi,  uning  faolligini    boshqarib,    immunologik  

xususiyatlarini  namoyon  qiladi.   

Ushbu    funktsional    qismlardan    har    bir    gormal   molekulaning bir  

joyida    jamlanishi  shart    emas;  funktsional    fragmentlarni    kompentlari  

keng    ko`lamda    alohida-alohida  joylashgan    bo`ladi,    funktsiyasi  

bo`yicha      turlicha    bo`lgan    fragmentlar    bir  –birini  o`rnini    to`ldirishi  

mumkin.   

Manzilli  lokuslarning  farq  qiluvchi  belgilaridan  gormonning    butun 

molekulasini    ma`lum    retseptorlari    bilan    birikishi    uchun    fiziologik 

konsentratsiyalarda    raqobat  (konkurentsiya)  olib  borish  qobiliyatiga 

egaligi  va  har    qanday    konsentratsiyalarda    gormonal    samara    hosil  

qilish    uchun  kurash    olib    borolmaslik    qobiliyati.      Shu    bilan    birga,  

aktonlar    reaktsiya  qiluvchi    hujayralar    bilan    birikish    uchun  

gormonlarning    yaxlit    molekulasi    bilan  fiziologik    konsentratsiyalarda  

amalda    qarshilik    ko`rsatmaydilar,    lekin  juda  yuqori    fiziologik  

konsentratsiyalarda    spetsifik    gormonal    samaralar    chiqarishi  mumkin.   

Shunday    ekan,    gaptomerlarni    aktonlarda    mavjud    bo`lgan  gormonal  

signallarni    maxsus    vektorli    kuchaytiruvchilar    deb    qarash    mumkin.  

Ammo,    ko`pchilik    ma`lum    holatlarda    gormonlar    molekulasida  

mavjud    aktonlar  o`z  navbatida    gaptomerlarni    hujayralar    retseptorlari 

bilan  bog`lanishini  tezlashtiradi.    Natijada  gormonlar  molekulasining  

biologik    faolligi    bevosita    gormon-retseptorli  bog`lanishning    tezligiga  

bog`liq    bo`lib    qoladi,    bu    esa  manzilli    va  aktonli lokuslarning o`zaro  

ta`siri    hamda    ularning    ayrim    yordamchi    fragmentlari  bilan  o`zaro  

munosabati   tufayli ta`minlanadi.   

Agar    gormon    molekulasi    haqiqatan  ham  bir  necha    shakldagi 

biologik    faolliklarni  olib    yursa,    albatta    uning    tarkibida  bir    necha  

aktonlar,   manzilli va yordamchi  fragmentlar saqlanishi  mumkin (13, 4-

rasmga  qarang).      Shuni    qayd    qilish    zarurki,    har    bir    tipdagi  o`zaro  

bog`langan    funktsionalli    fragmentlarning    faolligi    faqatgina    uning  

birlamchi    tuzilishiga    bog`liq    bo`lmasdan    balki  uning  

konformatsiyasiga    ham  bog`liqdir.    Aynan  qa`tiy,    aniq    uch    o`lchamli  

sterik  strukturali    gormonlar  molekulalarining    o`zaro    munosabatdagi  

funktsionalli  fragmentlari   ohir-oqibatda  gormonlarni  retseptorlar  bilan  

bog`lanishini  kuchini  va    samarasini    aniqlaydi.      Bunday    vaziyatga 

gormonal    molekulalarni  strukturasini    kimyoviy    modifikatsiyalash  

yo`li    bilan    erishish    mumkin,    qachonki    gormonlarni    hosilalari  

o`zlarining    aktonlik    xususiyatlarini    yo`qotib,    u  yoki    bu  darajada  

retseptorlar 

 

bilan 



 

bog`lanishga 

 

erishadilar. 



 

Bunday  



modifikatsiyalangan    birikmalar    gormonal    samaralarni    to`xtatish  

bilan,    nativli    gormonlar    bilan  retseptorlarga    bog`lanish    uchun   qayta  

raqobat    qilishi  mumkin.    Juda    ko`plab  raqobat    tipidagi  tabiiy    va 

sintetik    antigormonlarning  (gormonal    antogonislar)  ta`siri    ana    shu  

tamoyilga  asoslangan.   

Gormonlarning    kimyoviy    strukturasining    qiyosiy  –biologik    tahlil  

qilish tufayli,  steroidli va  aminokislotali gormonlar  yerda  bundan  500 

mln.    yil    ilgari    yuzaga    kelgan  umurtqali    hayvonlarning    filogenezida 

yetarlicha    konservativdirlar.    Bundan    tashqari,    yuqoridagi    yoki    unga 

o`xshash  bo`lgan    strukturalar    umurtqasiz    hayvonlarda,    hatto  bir  

hujayrali    organizmlarda  ham    uchrashi    mumkin.    Bu  bizning  

nazarimizda 

ularning 

  strukturaviy  o`zgarishlari    imkoniyatini 

chegaralovchi 

 

mikromolekulyar 



gormonlarning 

strukturasidagi 

tuzilishning    oddiyligidir.    Aynan      bu  holatda  birikmalarning strukturasi 

emas,  balki  ularning  funktsiyasi    evolyutsiyalangan    deb    tahmin  qilish  

mumkin.   

 

12-rasm. Gormonlar molekulalarining  funktsional-tuzilishining   tashkil 



bo`lish  chizmasi.  A-“akton”,  B-“gaptomer”,  N-yordamchi  fragmentlar: 

1-fragmentlarning  alohida joylanishi,  2-B fragment  A fragmentni  ikki 

sub fragmentga  bo`ladi,  3-A va B fragmentlar  qo`shilishib  ketadi,  4-

molekula o’zida ikkita  o`zaro mos holda A

1

, B


1

, N


1

 va  A


2

, B


2

, N


2

 

diologik faolliklarni  olib yuradi. 



 

Turli    taksanomik    guruhlardagi    peptidli    gormonlarning    tuzilishi  

ancha  jiddiy  darajada    o`zgaruvchan    va  ushbu  gormonlarning  tuzilishi 

qanchalik    murakkab  bo`lsa,  filogenezda    shuncha    ko`p    miqdordagi  

strukturaviy  variatsiyalar  yuzaga  keladi.    



Polipeptidli    gormonlar    molekulalarini  aktonli    fragmentlari  

evolyutsion    jihatdan  bir    muncha    chidamliroq,    manzilli  fragmentlar  –

unchalik    konservativ    emas,    yordamchi    fragmentlar    esa    juda  

o`zgaruvchan    ekanlar.    (Yu.  A.  Pankov,  1980).    Bizning    nazarimizda 

gormonlarning    strukturaviy  va  funktsiyalari  jihatidan    evolyutsion  

o`zgarishga  oqsil-peptidli    gormonlar  uchragan.    Ko`pchilik    hollarda 

ayrim    mustasnolar  bilan  yuqori    darajadagi    umurtqalilarning  

gomologik    gormonlari,    quyi    umurtqalilarda  fiziologik  samaralar 

yuzaga   keltirishga   qodirdir.  Teskari   holat  juda  kam  kuzatiladi.   

Gormonlarning    kimyoviy    strukturasi    faqatgina    uning    xarakterini  

va    spetsifik  ta`sir    joyini    aniqlamasdan,    balki  uni    organizmda    qolish 

muddatini  davomiyligini  demak,    ta`sir    ko`rsatish    muddatini  ham  

aniqlaydi.    Bu    holat    gormonni  hujayra    va    qon    plazmasi    oqsillari  

bilan    ushlanib    qolish    darajasiga,    uning    kimyoviy    o`zgarish 

darajalariga   bog`liqdir.   

 


Yüklə 246,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin