O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
izhtimoij psixologiya

Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari 


  

Sof  psixologik  ma‘noda  yangicha  tafakkur  va  dunyoqarashni  shakllantiruvchi  va 

o‗zgartiruvchi  ijtimoiy  psixologik  mexanizm  -  bu  ijtimoiy  ustanovkalardir.  Bu  - 

shaxsning  atrof  muhitida  sodir  bo‗layotgan  ijtimoiy  hodisalarni,  ob‘ektlarni,  ijtimoiy 

guruhlarni ma‘lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‗rnatishga 

ruhiy  ichki  hozirlik  sifatida  odamdagi  dunyoqarashni  ham  o‗zgartirishga  aloqador 

kategoriyadir.  

Ijtimoiy muhitning ta‘siri xulq-atvorda bevosita namoyon bo‗ladi. U yoki bu xulq-

atvorning  sababi  uning  motividir.  Ijtimoiy  psixologiya  shaxs  xulq-atvorining  motivlari 

sifatida ijtimoiy ustanovkalarni o‗rganadi. 

      Rus  olimi  V.A.  Yadov  o‗zining  dispozision  konsepsiyasini  yaratib,  unda 

ustanovkalarni to‗rt bosqich va to‗rt tizimli sifatida tasavvur qilgan. 

       A)  elementar  ustanovkalar  (set)  -  oddiy,  elementar  ehtiyojlar  asosida  ko‗p  incha 

ongsiz  tarzda  hosil  bo‗ladigan  ustanovkalar.  Ularni  o‗zgartirish  uchun  moddiy  shart  - 

sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‗zgartirish kifoya. 

B)  ijtimoiy  ustnovkalar  (attitud)  -  ijtimoiy  vaziyatlar  ta‘sirida  ijtimoiy  ob‘ektlarga 

nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o‗zgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar 

va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‗zgartirish kerak. 

       V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yo‗nalishini belgilaydi va 

ularni o‗zgartirish e‘tiqodlar va dunyoqarashlarni o‗zgartirish demakdir. 

       G)  qadriyatlar  tizimi  -  ular  avlodlararo  muloqot  jarayonining  mahsuli  sifatida 

jamiyatda  qadr  -  qimmat  topgan  narsalarga  nisbatan  ustanovka.  Masalan,  sahih  hadislar 

shunday  qadriyatlardir,  biz  ularni  tanqidsiz,  muhokamalarsiz  qabul  qilamiz,  chunki  ular 

ham  ilohiy,  ham  eng  buyuk  insonlar  tomondan  yaratilgan  va  avloddan  avlodga  o‗z 

qadrini yo‗qotmay kelayotgan qadriyatlardir. 

Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan 

motivlariga  kiradi.  Masalan,  bir  kishiga  badiiy  adabiyotdan  aynan  bir  guruh  asarlar 

yoqadi. Lekin nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. 

O‗sha guruhdan yangi bir kitob qo‗lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda 

bo‗ladi.  Shu  ma‘noda  olib  qaralganda,  ijtimoiy  ustanovka  shaxsdagi  anglanmagan 

munosabatlarga o‗xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy 

ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma‘no ham, baholar sistemasi ham, 

bilimlar  ham  o‗z  ifodasini  topadi.  Ya‘ni,  ijtimoiy  ustanovka  shaxsning  turli  ijtimoiy 

ob‘ektlarga  nisbatan  munosabat  bildirishining  ichki  mexanizmidir,  shu  ob‘ektlar  bilan 

ishlashga, ularni baholashga hamda ma‘lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir. 

Ijtimoiy  ustanovka  muammosi  G‗arbda,  ayniqsa,  Amerika  Qo‗shma  Shtatlarida 

har taraflama chuqur o‗rganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning 

shaxsning  avvalgi  xayotiy  tajribasiga,  undagi  ijtimoiy  tasavvurlarga  bog‗liqligini 

o‗rganib,  shaxs  xulq-atvorini  turli  sharoitlarda  boshqaruvchi  mexanizm  ekanligini  isbot 

qildilar.  Ular  ijtimoiy  ustanovkani  bir  so‗z  bilan—  ''attityud"  so‗zi  bilan  ifodalaydilar. 

1942 yildayok M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga 

ko‗ra  attityudda  uch  qism  bo‗lib,  bular  kognitiv  qism,  affektiv  qism  hamda  konativ 

qismlaridir.  


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin