O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95
izhtimoij psixologiya

Kognitiv  qism  —  bu  shaxsdagi  attityud  ob‘ektiga  nisbatan  bilimlar,  uning  odam 

tomonidan  anglanishidir.  Bunga  shaxsdagi  bilimlardan  tashkari  g‗oyalar,  tasavvurlar, 

prinsiplar va hokazolar kiradi. 

 Atttyudning  affektiv  qismi  —  bu  o‗sha  ob‘ektni  hissiy-emotsional  baholash 

bo‗lib, yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qism yoki xulq-



atvor  bilan  bog‗liq  qismga  esa  shu  ob‘ektga  nisbatan  amalga  oshiriladigan  hatti-

harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi. 

Lekin  ba‘zi  olimlarda  ustanovkaning  aynan  ob‘ektga  yoki  vaziyatga  nisbatan 

bo‗lishi  mumkinliga  haqida  ma‘lumotlar  ham  bor  edi.  Xususan,  Laperning  1934  yilda 

o‗tkazgan  mashhur  eksperimenta  bunga  misol  bo‗lishi  mumkin.  Eksperimentning 

mazmuni  kuyidagicha  edi.  Laper  ikkita  xitoylik  talabalar  bilan  AQSh  buylab  sayohatga 

chiqadi.  Ular  hammasi  bo‗lib  252  ta  mexmonxonada  bo‗lishib,  ularning  deyarli 

barchasida  (bittasidan  tashqari)  iliq,  samimiy  munosabatnnng  guvohi  bo‗lishadi. 

Ma‘lumki, o‗sha paytlarda irqiy belgi bo‗yicha odamlarga tanlab munosabatda bo‗lishar, 

xitoyliklar ham sariq tanlilar sifatida kamsitilardi. Laper bilan hamroh bo‗lgan talabalarga 

munosabat  bilan  olimga  bo‗lgan  munosabat  o‗rtasida  deyarli  farq  sezilmadi.  Sayohat 

tugagach,  Laper  o‗sha  barcha  mehmonxona  egalariga  minnatdorchilik  xati  yozib,  yana 

o‗sha  talabalar  bilan  borsa,  yana  o‗shanday  iliq  kutib  olishlari  mumkinligini  so‗radi. 

Javob faqat 128 ta mexmonxona egalaridan keldi, ularning ham bittasida ijobiy javob, 58 

%da  rad  javobi,  qolganlarida  turlicha  formalarda  noaniq  javoblar  olindi.  Bundan  Laper 

shunday  xulosaga  keldi:  demak  xitoy  millatiga  mansub  shaxslarga  nisbatan  ijtimoiy 

ustanovka bilan mehmonxona egalarining real xulq-atvorlari o‗rtasida farq bo‗lib, aslida 

ustanovka  salbiy  ekanligi,  vaziyatga  qarab  esa,  u  boshqacha  —  ijobiy  namoyon 

bo‗lganligi aniqlandi. 

Ijtimoiy  ustanovkalarga  xos  bo‗lgan  umumiy  qonuniyatlardan  yana  biri  uning 

uzoq  muddatli  xotira  bilan  bog‗liqligidir.  Ayni  vaziyatlarda  shakllangan  obrazlar  uzoq 

muddatli  xotirada  saqlanib,  u  yoki  bu  vaziyatda  aktuallashadi,  ya‘ni  ''jonlanadi". 

Masalan, ba‘zi bir etnik stereotiplar ana shunday xotira obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy 

ustanovka ob‘ektga hamda konkret vaziyatga bog‗liqdir. 

Shakllangan  ijtimoiy  ustanovkaning  hayot  mobaynida  o‗zgarishi  mumkinligi 

muhim  ijtimoiy-psixologik  ahamiyatga  egadir.  Amerikalik  olim  Xovland  fikricha, 

ijtimoiy  ustanovka  o‗rgatish  yo‗li  bilan  o‗zgarishi  mumkin.  Ya‘ni  o‗quvchilardagi  turli 

ustanovkalarni  o‗zgartirish  uchun  rag‗batlantirish  yoki  jazolash  tizimini  o‗zgartirish 

lozimdir.  Ikki  shaxs  yoki  shaxs  bilan  guruhning  ustanovkalari  mos  kelmay  qolgan 

sharoitda  esa  tomonlardan  biri  ongli  ravishda  o‗z  ustanovkalarini  o‗zgartirishi  shartdir. 

Aks holda nomutanosiblik prinsipiga ko‗ra shaxslararo nizo  yoki kelishmovchilik paydo 

bo‗lishi muqarrardir. 

 

Ijtimoiy  ustnovkalarni  o‗zgartirishning  eng  sodda  va  qulay  yo‗li  -  bu  ayni 



vaziyatlar va ulardagi ta‘sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida 

inson  ongida  uzoq  muddatli  xotirada  saqlanadi  va  vaziyat  paydo  bo‗lganda, 



ob‘ektivlashadi,  ya‘ni  o‗z  kuchini  va  mavjudligini  ko‗rsatadi.  Shuning  uchun  ham  agar 

chet  el  tajribasiga  murojaat  qiladigan  bo‗lsak,  u  yerda  biror  g‗oyani  ongga  singdirish 

uchun bir odam yoki biror guruh o‗z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil 

so‗zlar  va  iboralar,  harakatlar  bilan  qaytaraveradi  va  shu  yo‗l  bilan  ko‗p  chilikning 

ma‘qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‗llaniladi. 

Shulardan  kelib  chiqib,  ijtimoiy  ustanovkalarni  o‗zgartirishning  usullari  va  psixologik 

vositalari orqali ham dunyoqarashni o‗zgartirishga erishish mumkin. 

Xulosa  qilib  aytganda,  shaxsga  sotsial-psixologik  yondatish  uni  ma‘lum 

guruhlarning  a‘zosi,  konkret  sharoitida  o‗ziga  o‗xshash  shaxslar  bilan  muloqotga 

kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir. 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin