Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo‗lmish shaxs
tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar
qiluvchi jazo va raqobatlantirish mexanizmlari bo‗lib, ularning borligi tufayli biz har bir
alohida vaziyatlarda ijtimoiy xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri
ob‘ektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat
transportida katta muysafid kishiga o‗rin bo‗shatishni norma deb qabul qilmagan
o‗smirga nisbatan ko‗p chilikning ayblov ko‗zi bilan qarashi, yoki og‗zaki tanbeh berishi,
juda kam hollarda o‗zini bebosh tutayotgan o‗smirning qo‗lidan tutib, nima qilish
kerakligini o‗rgatib, «ko‗zini moshday qilib ochib qo‗yish» ijtimoiy sanksiyaning
Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan
ijtimoiy normalar va sanksiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida
xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Masalan, talaba rolini
oladigan bo‗lsak, uni bajarish - u yoki bu oliy o‗quv yurtida taxsil olish, uning moddiy
bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a‘zo bo‗lish, stipendiya olib, ma‘muriyatning
ijtimoiy himoyasida bo‗lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o‗sha oliygoh ichki
tartib - intizomi normalariga so‗zsiz bo‗ysunish, darslarga o‗z vaqtida kelish, reyting
baholov talablari doirasida kundalik o‗zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda
bo‗lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator
burchlarni ham o‗z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli
(ota va ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya‘ni, konkret
shaxsning o‗ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli - tuman ijtimoiy rollarning
harakteridan kelib chiqadi. Shunga ko‗ra, kimdir «tartibli, ba‘mani, fozil, ahloqli va
odobli» deyilsa, kimdir - be‘mani, bebosh, o‗zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (ya‘ni, bir
sharoitda juda qobil, boshqa yerda - betartib) degan hayotiy mavqega ega bo‗lib qoladi.
Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko‗p ligi sababli ham, turli
vaziyatlardagi uning mavqei - statusi ham turlicha bo‗lib qoladi. Agar biror rol shaxs
ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o‗zi uchun o‗ta ahamiyatli bo‗lsa (masalan, talaba
roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o‗sha vaziyatda
boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin. qolaversa,
rollarning ko‗pligi ba‘zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi mumkinki, oqibatda -
shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi mumkin. Masalan, sirtdan
tahsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab turgan korxonasiga komissiya kelishi va
uning faoliyatini tekshirayotganligini bilib, ruhiy azobga tushadi - bir tomondan,
talabachilik va uning talablari, ikkinchi tomondan - kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik
uchun har kuni ishxonaga ham borib kelish.
Dostları ilə paylaş: