Psixologlarning fikricha, (G. Asmolov, P. Shixerev, V.A.Yadov, P. Nadirashvili
va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o‗zgartirish uchun shu ustanovkaning sababi
bo‗lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o‗zgartirish shartdir. Shu narsa
shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo‗ladi.
Shunday qilib, shaxs sotsializatsiya jarayonida turli ustanovkalarini ro‗yobga
chiqarish sharoitida faollik ko‗rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy-
psixologik sifatlarida ko‗ramiz. Ya‘ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o‗zaro muloqot
jarayonida shaxsning ijtimoiy-psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham
barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo‗ladigan hamda muloqotda ko‗rinadigan sifatlar
guruhiga bo‗linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya
sifatlari, ya‘ni o‗ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo‗lgan ijtimoiy ta‘sirlardan
himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba‘zi mualliflar perseptiv
qobiliyatlar (V.A. Labunskaya) deb atasalar, boshqalari ''ijtimoiy ta‘sirlarga hissiy javob
berish qobiliyati" (A. Bodalev), ''kuzatuvchanlik",''ziyraklik" (Yu. Jukov) va hokazo deb
atashgan. Boshqa sifatlar ''muloqotda namoyon bo‗luvchi sifatlar"dir. Ular turli ijtimoiy
kutishlar sistemasi bilan bog‗liq bo‗lib, shaxsning turli sharoitlarda to‗g‗ri muloqotga
kirishish imkoniyatinp beradi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o‗ziga xos tarzda
dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida
kamrok xatolarga yo‗l qo‗yishini ta‘minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik
o‗zgalarning ichki dunyosini gaplari, hatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va
boshqalar shular jumlasidandnr. Shu fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab
shaxs tiplari farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: