Ijtimoiy normalar
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‗z a‘zolari
xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilgan harakatlar
talablaridir. Masalan, o‗zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim
bo‗lishidan qat‘iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi - norma; o‗quvchining
o‗qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi - norma; xotinning er hurmatini
o‗rniga qo‗yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat
transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o‗rin bo‗shatishi - norma va hakozo. Bu
normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham
ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo‗lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko‗p
chilik tomonidan e‘tirof etilganligi fakti bilan harakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat
va ijtimoiy guruh psixologiyada muhrlanadi.
Dostları ilə paylaş: |