Shaxs ijtimoiylashuvi
Har birimizning jamiyatdagi o‗rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo
bo‗lgani, jamiyatga qo‗shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim
vazifalaridan biridir. Bu jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb
yuritiladi.
Demak, sotsializaqiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani
egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‗zlashtirish jarayonidir. Sodda til
bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‗shilishi, uning normalari,
talablari, kutishlari va ta‘sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni
ko‗rsatishi va kerak bo‗lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‗z navbatida o‗zgalarga ta‘sirini
o‗tkaza olishi jarayonidir.
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o‗rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli
faoliyatni
amalga
oshirish
jarayonini
nazarda
tutadi.
Tashqaridan
shaxsga
ko‗rsatilayotgan ta‘sir oddiy, mexanik tarzda o‗zlashtirilmay, u har bir shaxsning ichki
ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan turlicha sub‘ektiv tarzda
idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta‘sirlar odamlar
tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 - 15 ta o‗quvchidan iborat
akademik litsey o‗quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan
ota - onalarining kutishlari, o‗qituvchilarning berayotgan darslari va unda
yetkazilayotgan ma‘lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir
ana shu 15 o‗quvchining har biri shu ta‘sirlarni o‗zicha, o‗ziga xos tarzda qabul qiladi va
bu ularning ishdagi yutuqlari, o‗quv ko‗rsatgichlari va iqtidorida aks etadi. Bu o‗sha biz
yuqorida ta‘kidlagan ijtimoiylashuv va individualizatsiya jarayonlarining o‗zaro bog‗liq
va o‗zaro qarama - qarshi jarayonlar ekanligidan darak beradi.
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro‗y beradigan shart - sharoitlarini ijtimoiy
institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat
muassasalari (boqcha, maktab, maxsus ta‘lim o‗choqlari, oliygohlar, mehnat jamoalari)
hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o‗ziga xosdir.
Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy
munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda «qush uyasida
ko‗rganini qiladi» degan maqol bor. Ya‘ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada
olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta‘sirida sayqal topib, takomillashib
boradi. Bizning o‗zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim
tarbiyalovchi - ijtimoiylashtiruvchi rol o‗ynaydi. Shuning uchun bo‗lsa kerak, ba‘zan
odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib, keyin xulosa chiqarishadi, ya‘ni
mahalla bilan mahallaning ham farqi bo‗lib, bu farq odamlar psixologiyasida o‗z aksini
topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu mahalladan qiz qidirib
qolishadi. Ya‘ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli, sarishtali bo‗lib
yetishishlariga ko‗maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko‗cha -
eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga
o‗xshash normalar tizimi har bir ko‗cha-mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va
kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo‗layotgan yoshlar
ijtimoiylashuvida bevosita ta‘sirini ko‗rsatadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o‗choqlariga maktab va boshqa ta‘lim maskanlari
kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda
uyqunlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta‘lim
oladigan, bola bilimlar tizimini o‗zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin
aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan maskandir. Bu yerda
biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan «Ma‘naviyat darslari», «Etika va
psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda tutmayapmiz. Gap har bir darsning,
umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy muhitning tarbiyalovchi roli haqida.
Masalan, dars paytida o‗qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora
deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan ko‗zlangan maqsad
asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagi o‗qituvchining o‗zini qanday tutayotganligi,
kiyim - boshi, mavzuga sub‘ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o‗quvchilarga
munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega
bo‗lgan omildir. Shu nuqtai nazardan o‗quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob
bergan o‗qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o‗qituvchining ta‘siri faqat
salbiy rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol
o‗ynaydi. Ba‘zi sinflarda o‗zaro hamkorlik, o‗rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo‗lga
qo‗yilgan, guruhda ijodiy munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit
tabiiy o‗z a‘zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy tomonga yo‗naltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti - bu mehnat jamoalaridir. Bu muhitning
ahamiyati va o‗ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli pishib qolgan,
ma‘lum tajribaga ega bo‗lgan, hayot haqidagi tasavvurlari shakllangan paytda keladi.
qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat malakalari va bilimlar ham juda
muhim bo‗lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar harakteriga ta‘sir qiladi. Lekin baribir
shaxsning kimlar bilan, qanday o‗zaro munosabatlar muhiti ta‘sirida ekanligi uning
yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga
kirishdagi asosiy motivlardan biri - o‗sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o‗zaro
munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati bo‗lib, ko‗p incha oylik -
maosh masalasi ana shulardan keyin o‗rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida
yaxshi, soqlom ma‘naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir
inson taqdirida katta rol o‗ynaydi.
Shaxs sotsializatsiyasi to‗g‗risida gap ketarkan, aytish kerakki, sotsializatsiya sof
ijtimoiy-psixologik tushuncha bo‗lib, u — individning ijtimoiy muhitga qo‗shilishi,
ijtimoiy ta‘sirlarni o‗ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi
jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‗lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda
ijtimoiy ta‘sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‗z xulq-atvorlari,
munosabatlarida namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ro‗y beradi,
chunki individda shaxs bo‗lishga ehtiyoj hamda shaxs bo‗lishiga imkoniyat va zaruriyat
bordir. Shuning uchun ham bola tug‗ilib, ijtimoiy muhitga qo‗shilgan ondan boshlab,
undagi shaxs bo‗lishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish mumkin
(masalan, chaqaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga ehtiyojning borligi).
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o‗z sohasi, bosqichlari va
muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1) faaliyat sohasi, ya‘ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki
bilvosita jalb etilgan bo‗lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib
boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‗nikmalarni,
bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‗lidagi aktivligi unda o‗ziga xos ijtimoii-
psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‗smirlik davrlaridagi
muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki,
buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‗ladi, jamiyatda o‗z o‗rnini tasavvur
qilishga erishadi.
3) o‗z-o‗zini anglash sohasi, ya‘ni ''Men" obrazining yil sayin o‗zgarib borishi jarayoni
bo‗lib, avval o‗zini boshqalardan farqliligini, o‗zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil
fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‗ngra esa o‗z-o‗zini baholash, anglash, nazorat
qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy
qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud. Masalan, birinchi bosqich—
mehnat faoliyatigacha bo‗lgan bosqich bo‗lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri
hamda o‗qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‗ziga xosligi
shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta‘sirlar faol ravishda ongga
singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‗tiladi. Ikkinchi
bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‗liq
bo‗lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta‘sirlarni bevosita faol faoliyatda,
shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo‗lib, aniq hayot
yo‗lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan shaxsda namoyon
bo‗ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir. Nihoyat, uchinchi bosqich
— mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‗lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so‗ng
qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom
etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga
ko‗ra shaxs strukturasida ham xususiy o‗zgarishlar ro‗y beradi.
Bu jarayon ro‗y beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo‗lsa,
turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa dargohlari, mehnat
jamoalarining roli nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |