ASOSIY QISM:
Shaxs va uning faolligi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o‗z idki istak-xoxishlarimiz ta‘sirida
bevosita ko‗rish, qayd qilish mumkin bo‗lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning
harakatlari orqali namoyon bo‗ladigan faollik.
B. Idki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi
fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim
o‗zgarishlari) hamda, ikkindi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya‘ni aslida
ko‗rinmaydigan, lekin faoliyat kedishiga ta‘sir ko‗rsatuvdi omillarni o‗z idiga oladi.
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan
so‗ng ona o‗z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni
qudoqlashi, yuzlarini siylashi, ko‗zlaridan oqqan sevind yoshlarida ko‗rsak, idki faollik -
o‗sha ko‗z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, idki sog‗indning asl
sabablari (ayriliq muddati, nodorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta‘siri), ko‗rib
idrok qilgandagi o‗zaro bir-birlariga intilishni ta‘minlovdi idki, bir qarashda ko‗z bilan
ilg‗ab bo‗lmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo‗ladi. Lekin shu manzarani
bevosita guvohi bo‗lsak ham, uni ifodalagan rasmni qursak ham, taxminan qanday
jarayonlar kedayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham
shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret
shaxsga va uning ehtiyojlariga bog‗liq bo‗lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida
ijtimoiy xarakterga ega bo‗lib, shaxsning jamiyat bilan bo‗ladigan murakkab va o‗zaro
munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
Inson faolligi ―harakat‖, ―faoliyat‖, ―xulq‖ tushundalari bilan dambardas bog‗liq
bo‗lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar
jarayonida shakllanadi, o‗zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati
passiv jarayon bo‗lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini
mujassamlashtiruvdi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya‘ni, faoliyat - inson
ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib diqadigan,
hamda tashqi olamni va o‗z-o‗zini o‗zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‗ziga
xos faollik shaklidir. Bu - yosh bolaning real predmetlar mohiyatini o‗z tasavvurlari
doirasida bilishga qaratilgan o‗yin faoliyati, bu - moddiy ne‘matlar yaratishga qaratilgan
mehnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar odishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotdilik faoliyati,
bu - rekordlarni ko‗paytirishga qaratilgan sportdining mahorati va shunga o‗xshash.
Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg‗ul bo‗lib
turadi.
Dostları ilə paylaş: |