Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‗ra ham farqlanadi.
Masalan, shunday bo‗lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy
ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‗nalishini talab
qiladi. Lekin vaqt o‗tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‗pgina qismlar
avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‗girilganda, malaka hosil bo‗ldi deyiladi. Masalan,
har birimiz shu tarzda xat yozishga o‗rganganmiz. Agar malakalarimiz qat‘iy tarzda
bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‗ra harakatlarni
doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‗nikma va malakalar o‗zaro bog‗liq
bo‗ladi, shuning uchun ham o‗quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barda ko‗nikmalar
va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‗qishini ta‘minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va
qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‗lsak, uning
shakllanish yo‗llari quyidagida bo‗lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo‗li bilan;
tushuntirish yo‗li bilan;
ko‗rsatish bilan tushuntirishni uyg‗unlashtirish yo‗li bilan.
hayotda ko‗nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy
urinishlarimizni yengillashtiradi va o‗qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda
muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta‘minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‗lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu
barda insonlarga xos bo‗lgan asosiy faollik turlari bo‗yida tabaqalashdir. Bu - muloqot,
o‗yin, o‗qish va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‗ladigan birlamdi
faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kudli ehtiyojlardan biri - inson bo‗lish,
odamlarga o‗xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‗zaro munosabatlarni
muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib diqadi. Shaxs o‗z taraqqiyotini aynan
shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar
(noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O„yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma‘naviy ne‘matlar
yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil
faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‗zlashtiriladi.
Bola toki o‗ynamagunda, kattalar xatti-harakatlarining ma‘no va mohiyatini anglab
yetolmaydi.
O„qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rolü o‗ynaydi va ma‘no kasb etadi.
Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‗nikmalar
o‗zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‗lib, uning
maqsadi albatta biror moddiy yoki ma‘naviy ne‘matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga
xissa qo‗shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga
oshirishda faoliyatning barda qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror
kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‗lgan ma‘lumotlarni eslab qolish
va kerak bo‗lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‗lmay, balki ham idki
(psixik), ham tashqi (predmetga yo‗naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan
bog‗liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu
faoliyat turi bilan shug‗ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim
bo‗lib, bu faoliyat motivlaridir.
Dostları ilə paylaş: