shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki
anglanmasligi ham mumkin. Ya‘ni, ba‘zan shunday bo‗ladiki, shaxs o‗zi amalga oshirgan
ishi yoki o‗zidagi o‗zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning xaqiqiy sababini
o‗zi tushunib yetmaydi, ―Nega?‖ degan savolga ―O‗zim ham bilmay qoldim,
bilmayman‖, deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb
ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barda sir-asrorlarini egallash
uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqadaroq bo‗ladi, ya‘ni, dispozisiya
anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv - konkretroq tushunda bo‗lib, u shaxsdagi u yoki bu
xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvdi sababni nazarda
tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy
xulq motivlari borasida katta keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani
aniqlaganki, har bir odam o‗ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va
baholashga moyil bo‗ladi. Shunisi ajablanarliki, o‗sha bir konkret vaziyat xususidagi turli
shaxslarning baholari ham turlida bo‗ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‗zi ham
o‗zidagi xolat, kayfiyatga bog‗liq holda bir xil vaziyatni alohida xollarda turlida idrok
qilishga moyil bo‗larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini
o‗sha ma‘lum sharoitdagi idki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyasi
sifatida qaramay, balki unda shunga o‗xshash xolatlarni idrok qilishga idki bir xozirlik -
dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‗g‗riroq bo‗ladi. Shu ma‘noda shaxs
xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli taxlillar,
xattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta‘sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o‗z
idiga oladi. Masalan, texnika oliygoxlarida: ―Materiallarning qarshiligi‖ nomli kurs bor
deylik. Shu kursni o‗zlashtirish va undan sinovdan o‗tish ko‗pdilikka osonlikda ro‗y
bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga
nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib boruvdi
o‗qituvchi o‗ta talabdan, qattiqqo‗l va xokazo degan. Bunday motivatsiya mana neda
avlod talabalar boshdan kedirayotgan xolat. Endi konkret shaxsning dars jarayoni
boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izoxlanadi va tirishqoq talaba
uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‗z vaqtida darslarni
tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars
yo‗q va u qadon shu semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Xar qanday motivlarning orqasida shaxsning extiyojlari yotadi. Ya‘ni, maqsadli
hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‗ladi va aynan ularning tabiati va
zaruratiga bog‗liq tarzda xulq motivlari namoyon bo‗ladi. Misol uchun talabaning o‗quv
faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvdanlik ehtiyojini
paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma‘lum bir davrida, masalan, bog‗da yoshidan
boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa o‗quv
qurollari, ma‘lum ta‘lim maskanida tashkil etilgan shart - sharoitlar va u yerdagi bevosita
bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‗zi, bola uchun motiv o‗rnini bosadi. Yana bir
oddiy misol: qo‗lingizda kitob bor. Siz xali uni o‗qishni boshlamadingiz. Lekin o‗qish
istagi bor, shu istakning ortida esa, o‗sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji
turadi. Rus olimi R. Nemov shaxsdagi motivasion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga bo‗lish mumkin:
1.
Biologik ehtiyojlar - bu - fiziologik (tashnalik, odlik, uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari.
2.
Ijtimoiy ehtiyojlar - bu - mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-ma‘naviy ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‗lganimiz bilan shu narsani
unutmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‗ladi,
ya‘ni, ular o‗sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo
munosabatlar xarakteriga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli hisoblangan
bizning yemishga - ovqatga bo‗lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret muhitga qarab
turlida xarakatlarni keltirib chiqaradi. Yana misol uchun, to‗y marosimlari yoki juda
to‗kin dasturxon atrofida o‗tirgan odam nima uchun shundalik ko‗p ovqat iste‘mol qilib
yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‗yni yoki paxta dalasidagi xashar bo‗lsa-di,
bir burda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvdi malham bo‗lib, odlikni
bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‗rgangan kishi oz-oz yeyishga
o‗rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‗rgangan odam vrad oldiga borib, o‗zi uchun
ozdiruvdi dori-darmon so‗rasa so‗raydiki, lekin uyda o‗zi yemishini nazorat qilishi
kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, oila muhitiga bevosita
bog‗liq narsa ekan -da.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi xaqida gap ketganda, uning ikki tomoni yoki
elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishing
vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan vositalar
maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur xed narsa bermaydi. Masalan, ba‘zi
ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs yetishib diqishini
orzu qilib, uning oldiga juda og‗ir tarbiyaviy shartlarni qo‗yadilar, bola erkinligi
bo‗g‗iladi, u qat‘iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyindalik boshqarib
bo‗lmaydigan, qaysar, unda-munda tashqi ta‘sirga berilmaydigan bo‗lib qolib, har qanday
boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‗lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim
anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq
bo‗lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |