O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Motivlarning  anglanganlik  darajasi:  ijtimoiy  ustanovka  va  uni  o„zgartirish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95
izhtimoij psixologiya

 Motivlarning  anglanganlik  darajasi:  ijtimoiy  ustanovka  va  uni  o„zgartirish 

muammosi.  Yuqorida  ta‘kidlaganimizdek,  motivlar,  ya‘ni  xatti-xarakatlarimizning 

sabablari  biz  tomonimizdan  anglanishi  yoki  anglanmasligi  ham    mumkin.  Yuqorida 

keltirilgan barda misollarda va xolatlarda motiv aniq, ya‘ni shaxs nima uchun u yoki bu 

turli 


faoliyatni 

amalga 


oshirayotganligini, 

nima 


sababdan 

muvaffaqiyatga 

erishayotganligi  yoki  mag‗lubiyatga  udraganini  biladi.  Lekin  har  doim  ham  ijtimoiy 

xulqimizning sabablari bizga ayon bo‗lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy  xulq motivlari 

psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizda ―attitud‖) xodisasi orqali tushuntiriladi. 

Ijtimoiy  ustanovka  shaxsning  ijtimoiy  ob‘ektlar,  xodisalar,  guruhlar  va  shaxslarni 

idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u bu baho 

yoki  munosabatning  aslida  qadon  shakllanganligini  aniq  anglamaydi.  Masalan, 

Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‗imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, 

negrlarga  rahmimiz  keladi,  tijorat  ishlari  bilan  shug‗ullanadiganlarni  albatta  puldor, 

badavlat,  deb  hisoblaymiz  va  xakozo.  Bu    tasavvurlar,  baho  va  hissiyotlar  qadon  va 

qanday qilib ongimizda o‗rnashib qolganligiga e‘tibor bermasdan yuqorida sanab o‗tgan 




hissiyotlarni  boshdan  kediraveramiz.  Mana  shularning  bardasi  ijtimoiy  ustanovkalar 

bo‗lib,  ularning  mazmun  mohiyati  aslida  har  bir  inson  ijtimoiy  tajribasi  davomida 

shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro‗yobga diqadi.  

Amerikalik  olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning ud komponentli  tizimini ishlab 

diqqan: 

A. Kognitiv komponent - ustanovka ob‘ektiga aloqador bilimlar, g‗oyalar,tushunda 

va tasavvurlar majmui

B.  Affektiv  komponent  -  ustnovka  ob‘ektiga  nisbatan  sub‘ekt  his  qiladigan  real 

hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar); 

V.    Harakat  komponenti  -  sub‘ektning  ob‘ektga  nisbatan  real  sharoitlarda  amalga 

oshirishi mumkin bo‗lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‗lish). 

 Bu uchdala komponentlar o‗zaro bir - birlari bilan bog‗liq bo‗lib, vaziyatga qarab u 

yoki  bu  komponentning  roli  ustivorroq  bo‗lishi  mumkin.  Shuni  aytish  lozimki, 

komponentlararo monandlik bo‗lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik 

burdi  va  tartib  -  intizom  bilan  juda  yaxshi  tanish  bo‗lsalarda,  har  doim  ham  unga  rioya 

qilavermaydilar.  ―Tasodifan  dars  qoldirish‖,  ―jamoatdilik  joylarida  tartibni  buzish‖  kabi 

xolatlar  kognitiv  va  xarakat  komponentlarida  uyg‗unlik  yo‗qligini  ko‗rsatadi.  Bu  bir 

qarashda  so‗z  va  ish  birligi  prinsipining  turli  shaxslarda  turlida  namoyon  bo‗lishini 

eslatadi.  Agar  odam  bir  neda  marta  bila  turib,  ijtimoiy  xulqqa  zid  xarakat  qilsa,  va  bu 

narsa  bir  neda  marta  qaytarilsa,  u  bu  xolatga  o‗rganib  qoladi  va  ustanovkaga  aylanib 

qolishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  biz  ijtimoiy  normalar  va  sanksiyalar  vositasida 

bunday qarama - qarshilik va tafovut bo‗lmasligiga  yoshlarni o‗rgatib borishimiz kerak. 

Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin