Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ishning tarkibi, uning maqsadi va vazifalariga muvofiq: kirish, mavzuning asosiy mazmun va mohiyati ifodalovchi asosiy qismdan, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Asosiy qism:
1.Dehqon xo’jaliklarini kelib chiqish tarixi, mazmuni va mohiyati
Dehqonchilik insoniyatning qadimiy faoliyat turlaridan bo'lib, ekinlarni yetishtirishga oid dastlabki ma'lumotlar qadimgi yunon shoiri Gesiod (mil. avv. 776 y.) va faylasuf olim Aristotel (mil. avv. 384 y.) asarlarida keltiriladi. Rim shoiri Vergiliy (mil. avv. 70-19 y.) dehqonchilik to'g'risidagi poemasida tuproq xususiyatlari, shudgorlash, ekinlarni dalada navbatlab ekishning axamiyati haqida to'xtalib, yerga ishlov berishga oid tavsiyalar yozib qoldirgan. Ibtidoiy odamlar yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar donini yig'ishtirib olishdan asta-sekin ularni sun'iy ravishda yetishtirishga o'ta boshlashgan. Qisman dehqonchilik yuritilgan, ya'ni ekinzorlar daryo sohilida barpo qilinib, toshqin paytida ularni suv bosgan va ularning suvga bo'lgan ehtiyojini ta'minlagan. Miloddan avvalgi VI-V ming yillikda qisman sug'orish Markaziy Osiyoning janubi-g'arbidagi tog'oldi hududlarida tarkib topgan va rivojlangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda Markaziy Osiyoning janubiy tog'oldi hududlarda sug'orib dehqonchilik qilishga o'tila boshlagan va shu ming yillikning ikkinchi yarmi hamda III ming yillik boshlarida ziroatchilikning ushbu usuli kengayib bordi.
Markaziy Osiyoning o'rta va sharqiy qismlarida sug'oriladigan dehqonchilik nisbatan kech tarqalgan. O'zbekistonning tog'oldi vohalarida o'troq dehqonchilik tarixini o'rganish bo'yicha olib borilgan arxeologik tadqiqotlar sug'orib dehqonchilik qilish miloddan avvalgi II ming yillikda Surxondaryo vodiysi (Sopollitepa, Kuchuktepa, Dalvarzintepa), Farg'ona vodiysining sharqiy qismi (Chust), Amudaryo deltasi (Ko'kcha, Bozor) va Zarafshon vodiysi (Zamonbobo)da yuzaga kelgan.
Miloddan avvalgi I ming yillikda Markaziy Osiyoda sug'orish ishlarini rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Xorazm, Marg'iyona va Kofamihonda miloddan avvalgi VI-IV asrlardan milodiy IV asrgacha, Farg'ona, So'g'd va Toshkent vohalarida milodiy Ill-IV asrlarda sug'orish ishlari taraqqiy etdi. O'zbekistonning janubi (Zang kanali va boshqa suv manbalari) va Tojikiston (Vaxsh, Hisor vodiylari)dagi, Toshkent va Samarqand vohalaridagi qadimiy sug'orish tizimlarining qoldiqlari antik dehqonchilikning tez sur'atlarda rivojlanishi milodiy I-IV asrlarga to'g'ri kelganligini tasdiqlaydi. Quldorlik tuzumidan feodal jamiyatga o'tish davri (IV-VI asrlar)da Markaziy Osiyoda sug'oriladigan yerlar maydoni keskin qisqardi. VII asrdan boshlab esa yana kengayib bordi, IX-XIII asrlarda, ya'ni Somoniylar (IX-X asrlar), Qoraxoniylar (Xl-XII) va Xorazmshohlar (XII, XIII asr boshi) hukmronligi davrlarida sug'oriladigan dehqonchilik keng ko'lamda rivojlandi. Markaziy Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonda sug'oriladigan dehqonchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida har tomonlama ravnaq topdi, XX asring ikkinchi yarmida jadal taraqqiyot bosqichiga kirdi.
Qishloq xo'jaligi moddiy ishlab chiqarish sohalaridan biri bo'lib, u dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug'ullanadi - aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xo'jaligining bir necha tarmoqlarini xomashyo bilan ta'minlaydiDehqonchilik qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish, ular hosildorligini oshirish, yerdan unumli foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish haqidagi fandir. Tuproqning tabiiy unumdorligini saqlagan holda uning mahsuldorligini yuksaltirish har doim dehqonchilikning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. Shu masalaning ijobiy hal etilishi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining taraqqiyotini ta'minlaydi. Respublikamizning umumiy yer maydoni 447,4 ming km2 bo'lib, uning atigi 10% ekinzorlar bilan band. Sug'oriladigan yer maydoni 4,3 mln va lalmikor dehqonchilik maydoni 743 ming gektarni tashkil etadi. Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 97% sug'oriladigan yerlardan olinmoqda. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatning xomashyoga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish yer va suv resurslaridan yanada oqilona foydalanishni, ular hosildorligini oshirishni, chorvachilik mahsuldorligini ko'paytirish xalqaro darajada muammo bo’lib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi xalq xo'jaligining eng yirik tarmog'i bo'lgan qishloq xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. So'nggi yillarda sohani rivojlantirish maqsadida mulkchilikning yangicha shakllarini teng huquqli asosda ravnaq topishini ta'minlash, bozor iqtisodiyotiga o'tish borasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalasiga alohida e'tibor berilmoqda.Yurtimizda qabul qilinayotgan qonunlar, hukumat qarorlari qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish vositalaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkon bermoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risida»gi va fermer xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida» gi farmonlari, «Fermer xo'jaligi to'g'risida», «Chorvachilikda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvatlash to'g'risida»2 gi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar fermer xo'jaliklarining ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan manfaatli munosabatlarini to'laqonli shakllanuviga keng yo'l ochib berdi. Fan, texnika va ilg'or tajriba yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish qishloq xo'jaligi samaradorligini oshiruvchi omillardan hisoblanadi. Bunga esa aniq bir joyning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini e'tiborga olgan holda sohada takomillashgan zamonaviy texnologiyalarini qo'llash orqali erishiladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan tashkiliy -xo‘jalik, agrotexnik, agrokimyoviy hamda agro-meliorativ tadbirlar majmuasiga dehqonchilik tizimi deyiladi.
Hozirgi vaqtda tuproq unumdorligini oshirish va tiklash usullarini, yerlardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan o‘zaro aloqador agrotexnika, melioratsiya va tashkiliy tadbirlar majmuasi, dehqonchilik shakllari dehqonchilik tizimi deb tushuniladi.
Hozirgi zamon dehqonchilik tizimi yerlardan samarali foydalanishni va uning unumdorligini oshirishni, eng kam mehnat va mablag’ sarflagan holda har gektar yerdan eng ko‘p va yuqori hosil yetishtirishni ta’minlash zarur.
Dehqonchilikning ilmiy asoslangan tizimi qishloq xo‘jaligini tabiiy ofatlardan saqlashda, tuproq unumdorligini oshirishda, ilg‘or agrotexnika tadbirlarini o‘zlashtirishda, yerlarni sug‘orishda, kimyoviy preparatlardan foydalanishda, oqilona almashlab ekishda, yaxshi nav ekinlarni ekishda texnikadan keng ko‘lamda foydalanishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |