O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 93,32 Kb.
səhifə9/11
tarix02.01.2022
ölçüsü93,32 Kb.
#43544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mehnat iqtisodiyoti

Taqqoslash uchun, muvaffaqiyatli qishloq xo‘jaligiga ega bo‘lgan o‘rta daromadli mamlakatlar qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 1 foizini qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadqiqotlarga uchun sarflaydi, ko‘p daromadli mamlakatlar esa o‘rtacha 2,5 foiz sarflaydi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy masalalardan yana biri - eksport tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlarni amalga oshirishda mehnat resurslarining keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlash zaruriyatidir. Hozirgi kunda meva-sabzavot mahsulotlarining 60 foizi katta bo‘lmagan dehqonchilik xo‘jaliklari va uy-joy uchastkalarida yetishtirilmoqda. Lekin ularning eksportga yo‘naltirilgan qo‘shimcha daromadli mahsulot ishlab chiqarish zanjiridagi ishtiroki hozircha past bo‘lib qolmoqda.

Qishloq xo‘jalik kooperativlarining agrobiznes va eksportchilar bilan kooperatsiyasi va hamkorligini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlari yordamida yuqorida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilarning mazkur zanjirlar bilan integratsiyalashuvi ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda kichik dehqon va xususiy mulkdorlar biznesining rentabelligini oshirishga yordam bergan bo‘lar edi.

Agar dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilmasa, qishloq xo‘jaligi eksporti faqat kichik fermerlar va agrotashkilot guruhlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va mazkur fermerlar guruhining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyat qo‘ldan boy beriladi.



Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish kerak:

2018 yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun davlat xarajatlari YAIMga nisbatan 1,8 foizni tashkil etdi (2016 va 2017 yillarda YAIMning 2 foizini tashkil etgan edi).

Boshqa davlatlar qishloq xo‘jaligiga YAIMning nisbatan kichikroq ulushini ajratadilar. O‘rta daromadli mamlakatlar YAIMning o‘rtacha 0,6 foizini sarflaydi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) yuqori daromadga ega mamlakatlarida yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz miqdorida mablag‘ ajratiladi. 2018 yilda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligiga YAIMning 0,8 foizini, Vetnam esa 0,5 foizini sarfladi. Xatto yigirma yil avval ham o‘rta daromadli mamlakatlar kambag‘al bo‘lganida, ularning qishloq xo‘jalik byudjetlari YAIMga nisbatan 1,3 foiz ni tashkil qilar edi.

Davlat xarajatlari yuqori darajali bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi hali yuqori samaradorlikni namoyish eta olmaydi. Misol uchun, 2018 yilda qishloq xo‘jaligi noldan biroz yuqori o‘sishni ko‘rsatdi.

Uzoq muddatli istiqbolga ega tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan byudjet harajatlarini kamaytirish uchun qisqa va o‘rta muddatli istiqbolga ega qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan moliyalashtirish hajmini oshirish kerak. Bunda asosiy e’tiborni byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va ulardan foydalanish samaradorligiga qaratish zarur.

Masalan, hozirgi kunda byudjet mablag‘larining katta qismi yerlarga sug‘orish suvlarini chiqarib berish uchun talab etiladigan elektr energiyasiga, suvni paxta va bug‘doy ishlab chiqaruvchilariga yetkizadigan irrigatsiya tizimini boshqarish va ekspluatatsiya qilishga sarflanadi. Shu bilan birga, sug‘orish va melioratsiya infratuzilmalarini modernizatsiya qilish uchun juda oz mablag‘ sarflanadi. Bu shuni anglatadiki, qisqa muddatda hukumatning diversifikatsiyalangan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga xizmat qilish uchun ushbu infratuzilmalarni modernizatsiya qilishga ko‘proq mablag‘ ajratilishi talab qiladi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun o‘ta muhim bo‘lgan ko‘plab davlat dasturlari har doim mablag‘ bilan to‘liq ta’minlanmay kelgan. Mazkur dasturlarga qishloq xo‘jaligining amaliy tadqiqotlari, bilimlarni tarqatish, qishloq xo‘jalik fanlaridan ta’lim olish, tuproq unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligi tizimini rivojlantirish, veterinariya va fitosanitariya xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish (qishloq xo‘jaligi kooperativlari, klasterlar, samarali sherikchilik munosabatlari), statistik va bozor ma’lumotlarini yig‘ish va tahlil qilish, bozor infratuzilmasi va agrologistikasini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, siyosatni tahlil qilish, xodimlar malakasini har qanday darajaga oshirish va monitoring qilish kabilar kiradi. Kelgusida ushbu dasturlar davlat mablag‘larining katta miqdorini talab etishi mumkin.

O‘zbekiston uchun yaxshi xabar shundaki, mamlakat bug‘doy va paxta uchun davlat narxining pastligi hisobiga fermerlarni soliqqa tortishni bekor qilish orqali davlat xarajatlarining samaradorligini tezda oshirishi mumkin. O‘zbekiston asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki narxlari xalqaro darajadan past bo‘lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi. Ko‘pgina davlatlarda vaziyat butunlay teskari. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yilda paxta va bug‘doy narxlarining pasayishi hisobiga o‘zbek fermerlari yalpi ichki mahsulotning 1,7 foizini yo‘qotdilar. Natijada fermerlarda hosildorlikni oshirishga rag‘bat bo‘lmadi.



Fermer xo‘jaliklarining yerga egalik qilish huquqlarini himoya qilish kerak:

Dehqon xo‘jaliklari (kichik dehqonlar) ning yerga egalik qilish huquqlari qonuniy himoyalangan. Bu moddiy-texnik resurslarga ko‘proq pul to‘lashlari, o‘zlarining kichik yer maydonlarida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash qiyin bo‘lsa ham, nima sababdan kichik dehqon xo‘jaliklarida yirik fermer xo‘jaliklaridagiga nisbatan hosildorlik o‘rtachadan yuqori ekanligining asosiy sabablaridan biridir.

Shu bilan birga, bir qator sabablar bilan va istalgan vaqtda yirik fermerlar davlatdan ijaraga olingan yerlarni yo‘qotishi mumkin. Bu fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish, ekinlarni joylashtirish rejasini bajarmaslik yoki paxta va g‘alla hosilini davlat rejasiga rioya qilmasligi tufayli sodir bo‘lishi mumkin, bu mas’uliyat mahalliy hokimiyat organlariga yuklangan.

Fermer xo‘jaliklari faoliyatini nazorat qilishning ushbu eskirgan tizimi ularning rivojlanishlari uchun halokatli darajada zararli bo‘lib, fermerlarning mahalliy hokimiyatlardan foydalanish uchun olgan yerlarga sarmoya kiritishga bo‘lgan rag‘batini so‘ndiradi. Bugungi kunda davlat tomonidan mahsuldorlikka qarshi xizmat qilayotgan mazkur amaliyotdan voz kechish zarur. Ushbu choralar sobiq Sovet Ittifoqining butun hududida, shuningdek, ko‘p yillar oldin Xitoy va Vetnamda amalga oshirilar edi.

Xitoy va Vetnam tajribasi fermerlarni rag‘batlantirishga yondashuvni qanday isloh qilish kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda davlat buyurtmasi tizimi allaqachon bekor qilingan, biroq bu qishloq xo‘jaligining barbod bo‘lishiga olib kelmadi. Bu yerda strategik ekinlarning bir qismini ishlab chiqarish ekinlarni joylashtirish tizimlari, fermerlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet to‘lovlari hamda hosildorlikni oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, shuningdek ularni zararkunanda va kasalliklardan himoyalashga qaratilgan tegishli davlat dasturlari hisobidan rag‘batlantiriladi. Mazkur yondashuv O‘zbekistondagi mavjud paxta va bug‘doy tayyorlash bo‘yicha davlat rejasini qo‘llab-quvvatlash tizimlaridan farq qiladi.

Fermerlar o‘zlarining yerga bo‘lgan huquqi daxlsiz ekaniga to‘liq ishonmas ekan, ular mehnat samaradorligini oshirish hamda mahalliy hokimiyat foydalanishga taqdim etilgan yerlar hosildorligini yaxshilashga sarmoya kiritmaydi.

Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar va chaqiriqlar ro‘yxati yetarlicha keng qamrovli ko‘rinishi mumkin. Biroq ularning yechimlari to‘la hayotiy bo‘lib, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishni tezlashtirish hamda raqobatbardoshligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarni tizimli hal etish chet el tajribalarini qo’llash kerak.
Xulosa

Ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan 2019−2030 yillarda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy strategiyasi mazkur sohada Jahon banki guruhi hamda boshqa xalqaro hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga tayyor bo‘lgan islohotlarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatga aylanishi lozim. Uning qabul qilinishi va keyinchalik hukumat tomonidan amalga oshirilishi yuqorida tilga olingan maqsad-rejalarni mamlakatni rivojlantirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini oshirish uchun iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirishga zamin yaratadi.

Bozor munosabatlariga o‘tishning hozirgi bosqichida yirik vazifalar qatorida respublikadagi mavjud geografik vaziyatni to‘g‘ri baholash, aholining katta qatlami ijtimoiy himoyaga muhtojligi va aksariyati qishloqlarda yashashligi, aholi bandligi, mehnat resurslarining rivojlanishi bilan aloqador muammolar alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston o‘z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishida demografik vaziyat ham alohida ta’sir ko‘rsatadi. O‘ziga xos aholi tarkibiga ega, tug‘ilish darajasi va aholining tabiiy o‘sishi nisbatan yuqori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida, aholining ish bilan bandligi masalasi doimo eng dolzarb va murakkab masalalardan biri bo‘lib kelgan va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi mehnat resurslari safini yanada kengaytirmoqda. Mehnat resurslarini boshqarish demografik rivojlanish, aholini ish bilan ta’minlash, ularni kasb-xunarga tayyorlashdan tortib to ishchi kuchidan samarali foydalanishgacha chiqqan jarayonlarni o‘zida mujassamlashtirgan murakkab muammo hisoblanadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlanish sharoitida aholini ish bilan ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi, yuz berayotgan jarayonlarni tadqiq qilish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlanish sharoitida aholini ish bilan ta’minlash borasida keyingi yillarda juda katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda va tarmoqlar kesimida keng tatbiq etilmoqda.

Globallashuv jarayonida sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari mahsulotlari ichki bozorda, hamda xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirishda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasidan foydalanish muhim.

Kirib kelayotgan investitsiyalarni to’g’ri maqsadli foydalanish iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi muhim omil, iqtisodiyot uchun cheklangan resurslardan foydalanib cheklanmagan ehtiyojlarni qondirish masalasi har doim ham dolzarb bo’lgan. Qishloq xo’jaligida investitsiyalardan foydalanish jarayonida Isroil tajribasida shuni ko’rsatadiki, boshqa davlatlarga qaraganda suv cheklangan resurslardan, rivojlangan davlatlar tajribasini qo’llash natijasida yiliga bir yilda 1 marotaba hosil olishdan 3-4marotaba hosil olishga erishgan.Tajribada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 2-3 barobarga hajmini, sifatini va yaroqlili muddatini uzaytirishga erishilgan. Mamlakatimizda ham rivojlangan davlatlar (Gollandiya,Koreya) tajribalarini keng qo’llash orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni bizda ham hajmini,sifatini va yaroqlili muddatini uzaytirgan holda mahsulotlarni tannarxini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun bizda yer,kapital,arzon ishchi kuchi yetarlicha deb hisoblayman. Lekin bularni tashkil etish uchun malakasi yuqori kadrlar muammosi qiynab kelmoqda. Malakali kadrlarni transfer qilish orqali ustoz-shogird an’analarni davom ettirib shu tizim tarkibida malakali kadrlar maktabini tashkil etib, yoshlarni yangicha bilim va tajribalarni o’rgatgan holda tarbiyalash kerak.

Bugungi kunda mamlakatda aholini ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi:

Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o‘rgatish.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashga e’tiborni kuchaytirish. Bu yangi ish o‘rinlari yaratish bilan bir qatorda ichki va tashqi iste’molga mo‘ljallangan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatishni ham ko‘zda tutadi.

Ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar faoliyatini takomillashtirish, bunda eng avvalo ushbu markazlar tuzilmasini maqbullashtirish, global inqiroz sharoitida ustuvor chora-tadbirlarni belgilab olish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalaridan kelib chiqqan holda aholini ish bilan ta’minlash uchun ajratilayotgan moliyaviy mablag‘larni oqilona taqsimlash chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.

Ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlar aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘ldi;

xo‘jalikni tashkil etishning ixchamligi va ularning bozor muhitiga tezda moslanuvchanligi;

xo‘jalik a’zolarining ma’lum bir oilaga mansubligi;

oila mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi;

mehnatni tashkil qilishdagi va xo‘jalikni boshqarishdagi qulayliklar.

Mamlakatimizda yaqingacha ham o’zlashtirilayotgan investitsiyalarning 70-80% gacha bino inshootlar qurilishiga, qolgan 20-30% esa ishlab chiqarishga sarflanib keldi. Aksincha 70-80% ishlab chiqarishga, 20-30% qismini bino, inshootlarga sarflanishi kerak deb o’ylayman. Chunki kapitalni katta qismini ishlab chiqarishga sarflash, natijada raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, jahon bozorida o’z o’rniga ega bo’lishi raqobatchilari bilan raqobat qila olishi kerak. Shuni taklif qilamanki: - investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha bozorlar geografiyasini kengaytirish;

-o’zlashtirilayotgan investitsiyalarni pul ko’rinishini kamaytirish, innovatsion texnalogiyalar ko’lamini oshirish;

- rivojlangan davlatlar bilan texnolog kadrlar tayyorlash bo’yicha qo’shma dasturlar sonini ko’paytirish;

- kirib kelayotgan investitsiyalarni ishlab chiqarishda tezroq qo’llash uchun,ularga shart- sharoitlar tizimini oshirish;

- ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan, o’z brendini jahon bozoriga asta- sekin olib kirayotgan(artel,ideal,samo) mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish, rivojlangan mamlakatlar tajribasini bosqichma- bosqich qo’llash, masalan Xitoy o’z mahalliy ishlab chiqaruvchilarini rag’batlantirish maqsadida 1 yilda xalqaro bozorga eksport qilgan korxona, tashkilot, firma (100 mln.AQSH.doll + 20% rag’batlantirish= 120 mln.AQSH.doll) larni rag’batlantirib qo’llab keladi. Bizda ham xalqaro tajribalardan foydalanib o’zimizga yangicha model ishlab chiqib(3%, 5%, 7%, 10%, 15%, 20%,) eksport qilayotgan ishlab chiqarish sektoriga bosqichma bosqich qo’llash kerak;



Yüklə 93,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin