O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 93,32 Kb.
səhifə6/11
tarix02.01.2022
ölçüsü93,32 Kb.
#43544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mehnat iqtisodiyoti

2.Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida aholi ish bilan bandligi siyosatining amaliy chora-tadbirlari bilan bir qatorda uning nazariy jihatlarini asoslash muhim ahamiyatga ega. Deyarli barcha iqtisodiy nazariyalar ma’lum darajada mehnat va aholining ish bilan bandligi masalasiga daxldordir.



Tabiiyki, mehnat bozori bilan bogiiq muammolarini yoritish ham u yoki bu nazariya ishlab chiqilgan tarixiy davr, uning atrofidagi iqtisodiy voqelikka daxldorligi seziladi. Klassik maktabning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Adam Smit va uning izdoshi David Rikardolar o‘z ta’limotlarida bozor tizimi resurslari orasida, ishchi kuchi resurslaridan to‘liq foydalanish muhim o‘rin tutadi va bozorning samaradorligini ta’minlashga qodir, deb hisoblashadi. Bu borada fransuz olimi Jan Batist Sey ham ishchi kuchi va ish bilan bandlik muammolari bo‘yicha o‘z qarashlariga ega bo‘lib, qator masalalar bo‘yicha klassiklar tutgan yo‘lni to‘g‘ri, deb baholaydi. XX asrning 30-yillarida G‘arb iqtisodiyotida ro‘y bergan «Buyuk turg‘unlik» klassik maktab nazariyasiga qaqshatqich zarba berdi. Bu iqtisodiy inqirozni chuqur tahlil etgan J. S. Keyns, klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, aralash iqtisodiy tizimni yoqlab chiqqan. Uning nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiyot faqat mukammal raqobatli bozorlardan iborat emas, narxlar muayyan vaqt davomida o‘zgarmay ham turishi mumkin, iqtisodiyot beqaror bo‘lishi sababli davlat undagi ayrim «nosozliklar»ni bartaraf etishi uchun ba’zan iqtisodiyotga aralashib turishi kerak. XX asrning 60-yillarida esa M. Fridman iqtisodiyotda monetarizm yo‘nalishiga asos soldi. Mazkur maktab vakillari iqtisodiyotda pul taklifi uni rivojlantirishning bosh mezoni, degan g‘oyani ilgari surdilar. Monetarchilar qoidasiga ko‘ra, agar pulga doimiy taklif bo‘lsa, iqtisodiyot hamisha barqaror bo‘ladi va barcha resurslar to‘la bandligi sharoitida amal qiladi. Bu esa keynschilarning pul taklifiga foizning mutanosib stavkasi kuchli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun pulga bo‘lgan taklifning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmining ortishiga ta’siri sezilarli bolmaydi, degan qarashlarga zid edi. Shu boisdan J. Keyns tarafdorlari fiskal siyosat samaraliroq, degan fikrda edilar. Monetarchilar esa, aksincha, fiskal siyosat davlat tomonidan tovarlar va xizmatlarni sotib olishni ko‘paytiradi, buning uchun davlatga qo‘shimcha mablag‘ talab qilinadi, uning qarz olishga ehtiyoji ortadi, deb hisoblashgan. Shuning uchun davlat foiz stavkasini oshirishga harakat qiladi. Monetar nazariyada davlatning bu fiskal siyosati iqtisodiyotga xususiy investitsiyalar oqimini cheklashi uqtiriladi. Bu g‘oya iqtisodiyot fanida «x ususiy investitsiyalarni siqib chiqarish effekti»(«Growdingout Effect») nomini olgan. 1970-yillarning ikkinchi yarmida «taklif iqtisodiyoti» («Supple-side economics») nazariyasi ham ilgari surishdi. Bu maktab vakillari A.Laffer, R.Mandell fikricha, aholiga tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni samarali yo‘lga q o‘y ish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, ya’ni ish kuchi va kapital taklifini rag‘batlantirish zarur. Buning uchun davlat tom onidan soliq yukini kamaytirish borasida faol siyosat o ‘tkazilishi lozim . Chunki tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar soliqlarga qo‘shimcha mahsulot birligi ishlab chiqarishga qo‘shimcha xarajatlar sifatida qaradilar. Soliq yukining taklifning kamayishiga olib kelishi mumkin. X X asr oxiriga kelib «yangi keynschilar»3 maktabi shakllana boshladi. Bu oqim ning eng taniqli namoyandalari G.M enkyu, D. Romer, O. Blansher, S. Fisher va boshqalar J. Keyns standartlarini zamonaviy iqtisodiyotni tahlil etishga harakat qildilar. G. Menkyu va D. Romer 1991-yilda bu maktabning asosiy prinsiplari bayon etilgan ikki jildlik «Yangi keynscha iqtisodiyot» kitobini ham nashr etdilar. Tovarlar va xizmatlar bozori talab hamda taklifni shakllantiradi. Tovar va xizmatlarga talab - makroiqtisodiy agentlar hisoblanadi. Firmalarning takliflari - tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish real qiymatlar bilan ayriboshlashdir, shuning uchun ularni real qiymatlar bozori, deb atashdi. Moliya bozorlari pul va qimmatli qog‘ozlar bozoridan iborat. Pul bozorida talab va taklif moliyalashtirilsa, qimmatli qog‘ozlar bozorida ishlab chiqaruvchilar asosiy qarz oluvchilar hisoblanadi. Klassik iqtisodchilar o‘z xulosalarini asoslashda aholining ish bilan toliq bandligi, bozor xo‘jaligining me’yori, narxlar va ish haqining nisbati uning elastikligidir.

Bozorda sotish mumkin bo‘lgan mahsulotlar hajmi faqat umumiy xarajatlar darajasiga emas, balki narxlar darajasiga ham bog‘liq. Shu sababli jamg‘arma xarajatlar hajmi, ishlab chiqarish hajmi va ish bilan bandlik miqdorini kamaytirish narxlarning pasayishiga olib keladi. Narxlarning pasayishi esa ishlab chiqarish xarajatlari, shu jumladan, ish haqi uchun sarf-xarajatlari pasayishiga sababchidir. Natijada, korxona egalari haq to‘lash stavkalarini pasaytirishga majbur boladilar.

Ishsizlar tomonidan boradigan raqobat esa ularni bunga rozi bolishga majbur qiladi. Bozordagi boshqa tovarlar narxlarining pasayishi ham bunga ta’sir qiladi. Shu tariqa klassik iqtisodchilar majburiy ishsizlik borishi mumkinmas.

Bozor tartibining bunday omillari, foiz stavkasi va narxlar, ish haqi nisbatining elastikligi ish bilan to ‘liq bandlikni saqlab turishga qodir. Davlatning bu sohadagi «yordami» ortiqcha bo‘libgina qolmay, zararli bolishi mumkin. XIX asrning oxirlarida klassiklarning izdoshlari ularning umumiy g‘oya va qarashlarini rivojlantirib, iqtisodiyot nazariyasining neoklassik yo‘nalishi yuzaga keldi. B u yo‘nalishning asoschisi Kembrij universitetining professori Alfred Marshall (1842 -1924 ) bo‘lib, uning bozor narxi, tadbirkorlik, iste’molchilik xulqi va boshqa bir qancha yangi nazariy qoidalari ma’lum va mashxurlashib, iqtisodchilar undan foydalanib kelmoqdalar. A. M arshall talab va taklifni tartibga solish aholining ish bilan bandligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega iqtisodiy ko‘rsatkich ekanligiga e’tibor qaratgan.U butun ishchi kuchi talabini pirovard natija sifatida tartibga soluvchi narsa iste’molchilarning talabi bolib , uning mutanosibligi bozor iqtisodiyotidagi munosabatlarda o‘z-o‘zidan amalga oshadi.



Neoklassik nazariyaning boshqa vakillari kabi A.Marshall ham aholiga beriladigan yuqori ish haqi muqarrar ravishda ish bilan bandlik darajasini kamaytiradi va ishsizlik miqdori oshadi. Buni asoslash uchun u «eng kam unumdorlik nazariyasi» dan foydalangan. Uning bu asari paydo bolgan vaqtda aholining ishsizlik darajasi unchalik katta bolmagan va ish bilan bandlikning beqarorligi u qadar keskin muammo hisoblanmagan. Ish bilan bandlikning beqarorligini A. Marshall katta musibat sifatida baholagan va haqli ravishda jamoatchilikning e’tiborini jalb qilishni e’tirof etgan. Biroq u bozor iqtisodiyotidagi ko‘plab muammolamri o‘z-o‘zidan tartibga keladigan iqtisodiyot muammolari deb hisoblab, aholi ish bilan bandligining davlat tomonidan tartibga solinishiga zarurat y o‘q, deb bilgan4. Artur Pigu (1877 -1955 ) A. Marshallning izdoshi va shogirdi bolgan . Uning aholini ish bilan bandlik sohasidagi asosiy asari «Ishsizlik nazariyasi» 1933-yilda chop etilgan. Bu asarda aholining ish bilan bandligi to‘g ‘risidagi klassik nazariyaning asosiy qoidalari ancha toliq bayon etilgan. Uning fikricha, ishsizlikning sababi ish haqining yuqori darajasidir, ish haqining qisqarishi esa ish bilan bandlikni oshiradi, chunki u ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va qo‘shimcha ishchilarni yollash uchun imkoniyat yaratadi. Uning fikricha, ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi tovarlar narxini umumiy ravishda pasayishi va ish haqi hisobiga tirikchilik o‘tkazmaydigan aholi guruhlarining xarid qilish qobiliyatining oshishiga olib keladi5. Yanada mosroq ish joyiga o‘tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qaysilari ortiqchaligini ko‘rsatadi. Bu ko‘pgina mamlakatlar uchun dolzarb muammodir. Uning hal etilishi jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qodir samarali iqtisodiyotning yaratilishini anglatadi. Ish bilan bandlikni ish kuchiga talabni kengaytirish uchun uni foydali faoliyatga jalb qilish ko‘lamlari, shart-sharoit va shakllarini ta’minlash, ish bilan band bo‘lgan xodimlarni shakllantirish, taqsimlash, foydalanish, bo‘shatish, qayta tayyorlash va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va harakatlar yig‘indisi, deb ta’riflash mumkin. Bu konsepsiya doirasida tola oqil (ratsional) va samarali bandlik farqlanadi. Ish bilan «to‘liq» bandlik sotsializmdagi mehnatning umumiyligi va majburiyligining aniq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan amalga oshirilishidir.U mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishning haqiqiy imkoniyatlari berilishi bilan bog‘liq. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklarni hisobga olib, ish bilan to‘liq bandlik darajasi bozor iqtisodiyotiga moslashib boradi. Mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy xo‘jalikka jalb qilishning eng yuqori darajasi sifatida talqin qilish ham o‘zgarib boryapti. Ish bilan to‘liq bandlikka aholini jalb qilishning har qanday darajasida erishish mumkin, bunda u aholining ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga muvofiq kelishi, taklif etilayotgan ish o‘rinlari iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lishi lozim . Bu o‘rinda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o‘rni deganda shunday ish o‘rni tushuniladiki, u insonning yuksak mehnat unumdorligiga erishishi, o‘zi va oilasining yaxshi yashashi uchun yetarli bo‘ladigan daromadga ega bo‘lishi tushuniladi. Shu bilan birga bu ish o‘rni uning salomatligiga zarar yetkazmasligi va insoniy qadr-qimmatini yerga urmasligi kerak. Shunday qilib, ish bilan to‘liq bandlik mehnatga qobiliyatli barcha fuqarolarni kasbiy mehnat sohasiga jalb qilishni anglatmaydi. Inson o‘z istagi bo‘yicha ijtimoiy foydali mehnatda bandlik sohalaridan birini (kasbiy mehnatni, uy xo‘jaligini xususiy korxona va xususiy tadbirkorlik va shu kabilarni) tanlashga haqli. Biroq tartibga soluvchi asosiy faoliyat turi daromad keltiruvchi, shaxs farovonligini oshiruvchi va rivojlantirishini ta’minlovchi kasbiy mehnat bilan band bo‘lishdir. Kasbiy mehnat bilan band bo‘lish darajasi xodimlar umumiy sonining, ular ishlayotgan korxona qanday tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, mehnat resurlari soniga nisbati bilan belgilanadi. Buning ma’nosi , aholining ish bilan bandlikdagi mazkur proporsiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manfaatlari, uni jadallashtirish natijalari, fan-texnika taraqqiyoti mehnat unum dorligini oshirish manfaatlariga to‘liq mos kelishi zarur. Shuningdek, sog‘lom avlodni yetishtirishga, yuqori malakali, yaxshi ta’lim olgan serharakat xodimlarni tarbiyalash uchun qulay sharoit yaratib berilsa, aholining bunday bandligining proporsiyasi eng maqbul hisoblanadi. Iqtisodiy islohot jarayonida mehnat samaradorligining ortishiga qarab, aholining m ehnat bilan bandligi darajasi yalpi mamlakat bo’yicha pasayish tendensiyasiga ega.Kelgusida respublikamizda ish bilan bandlikning rivojlanish xususiyatlari ana shunday kechadi. Bu yerda yuqori samarali iqtisodiyot nisbatan kamroq miqdordagi xodimlarga ehtiyoj sezadi, shu bilan birga aholining ishchi o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyoji ham biroz kamayadi, chunki mehnat bilan ijtimoiy foydali bandlikning boshqa sohalariga qiziqish ortadi. Kishilarning ijtimoiy zarur ish bilan bandlikka bo‘lgan ehtiyoji va uni amalga oshirish imkoniyatini rejali tartibga solish kerak. Bundan maqsad insonning faoliyat ko‘rsatish, shart-sharoitlarni yaxshilash va iqtisodiyotning samarali ishlashini ta’minlashdir. Ish bilan bandlik maqomi ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etuvchi mehnat resurslarining bir qismi uchun belgilanadi. Bular daromad olish maqsadida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun ish kuchini taklif qiladigan kishilar guruhi, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etsa ham, bevosita pul daromadi keltirmaydigan aholi guruhi yoxud ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq daromad keltiradigan kishilar guruhlaridan tashkil topadi:

- Birinchi guruhga iqtisodiyotning davlat sektorida ish bilan band bo‘lgan korporativ, aksiyadorlar jamiyatlari va xususiy sektorda ishlaydigan fuqarolar kiradi;

- Ikkinchi guruhga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladigan o‘quvchilar, m amlakat qurolli kuchlarining xizm atchilari kiradi;

Ish bilan band aholiga yollanib ishlaydigan fuqarolar, to‘liq yoki noto‘liq ish kuni (hafta) mobaynida haq olib ish bajaradigan, tegishli shartnoma, bitim bilan tasdiqlangan haq tolanuvchi ishga ega shaxslar, hamda kasalligi, ta’tilga chiqqanligi munosabati bilan ishda bo‘lmagan fuqarolar kiradi. O‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan shaxslar, shu jumladan, xususiy tadbirkorlar va fermerlar, harbiy qismlardagi qo‘shin turlarida xizmat qilayotgan shaxslar, o‘quvchilar ham ish bilan band kishilar jumlasiga kiradi. Ish izlayotgan, ishini o‘zgartirayotgan, vaqtincha ishlamayotgan aholi va ishdan ajralgan holda o‘qimayotgan, ishning mavsumiy ekanligi tufayli vaqtincha ishlamayotgan aholi iqtisodiy faol ish bilan band bo‘lmagan aholi guruhiga mansubdir. Ishsiz maqomiga ega bo‘lgan shaxslar ham ish bilan band bo‘lmagan iqtisodiy faol aholi jumlasiga kiradi. Ish bilan bandlik munosabatlari iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq. Ish bilan bandlikning iqtisodiy mazmuni xodimning o‘z mehnati bilan o‘ziga munosib hayot kechirishni ta’minlash bilan bir qatorda, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishni ham ifodalaydi.

Jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromadga ega bo‘lib, o‘z sog‘lig‘ini saqlash uchun yetarli imkonga ega bo‘lish, ijtimoiy ishlab chiqarishning usuliga mos keladigan malumot va kasb darajasini egallashni ta’minlaydigan bandlikni aholining samarador bandligi deb atash mumkin. Ish bilan bandlikning samaradorligini davlat taraqqiyotining mafkurasi aks ettiradigan ko‘rsatkichlar bilan tavsiflab berish mumkin. Bular mehnat resurslarining ijtimoiy foydali faoliyatida ishtirok etish xususiyatlariga asoslangan taqsim lash proporsiyalaridan tarkib topgan. Ular mehnat unumdorligining o‘sish darajasi, aholining ishga bo’lgan ehtiyoji qondirilishi va ish bilan toliq bandlikka erishilishi kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalaydi. Chunki ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bolsa, jamiyatda xodimlarning daromadlari va moddiy shart-sharoitlar shuncha yaxshi bo’ladi. Ayni vaqtda mehnat sohasini texnik-tashkiliy tomonidan takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish, aholi guruhlarining mehnat va turmush sharoitining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish imkonini beradi. Ish bilan bandlik samaradorligining xususiyatlaridan yana biri mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasi. Iqtisodiy jihatdan bu ko‘rsatkich aholining ish va ish o‘rinlariga bolgan ehtiyojini aks ettiradi.

Ish bilan bandlik samaradorligining uchinchi xususiyati ishlovchilarni mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash tuzilmasidandir. Hozirgi vaqtda aholining ish bilan bandligi bo‘yicha iqtisodiyotdagi tarmoq tuzilishi mavjud jamiyat mehnat potensialidan foydalanish samaradorligi darajasi pastligini aks ettiradi. Ish bilan bandlik samaradorligining to‘rtinchi xususiyati bolib ishlovchilarning kasb-malaka guruhlariga bolinadi. U o‘zida ish bilan band aholining kasb-malaka guruhlari bo‘yicha taqsimlanishining malakali xodimlarga bolgan ehtiyoj bilan mutanosiblik darajasini aks etadi. Davlatning to’lov talabini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan xilma-xil usullar vositasida iqtisodiyotga aralashuvi orqali iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va buning natijasida ish bilan bandlikni kengaytirishga erishiladi. Bunda hal qiluvchi rol, Keyns nazariyasiga ko‘ra, xususiy sarmoya qo‘yilmalarini davlat tomonidan rag‘batlantirish va tartibga solinadi. Sarmoya qo‘yilmalarini kengaytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida aholining ish bilan bandligini oshirishni anglatadi. Faqat 40- va 50-yillarga kelib, keynschilik «ish bilan tola bandlik» shiori asosida burjua iqtisodiy nazariyasi va amaliyotining tashkilotchilariga aylandi. 40-yillar o‘rtalarida ishsizlikni tartibga solish bo‘yicha paydo bogan rasmiy hukumat hujjatlari va qonunchilik ish bilan toliq bandlikni miqdor jihatdan aniqlamagan. Inglizlarning oq kitobi «Ish bilan bandlik siyosati» (1944 -yil) va Amerikaning «Ish bilan bandlik to‘g‘risida hujjat»larida (1946-yil) ham aks etmagan. Urushdan keyingi «Ish bilan toliq bandlik» siyosati, aslini olganda, ishsizlikni tugatishni maqsad qilib qo‘ymagan. Ishsizlikning 2 - 4 % doirasida so‘zsiz mavjud bo‘lishini burjua iqtisodchilari minimal yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdor, deb qarashgan. Ko‘rsatkichning pastroq bo‘lishi «mehnat bozorining normal ishlashiga» muvofiq kelmaydigan, ishchi kuchi talab va taklifining optimal nisbatini buzadigan holat sifatida baholangan. 70-yillar oxirigacha G‘arbiy Yevropadagi 2-3 % ishsizlik va AQShdagi 4,0 % ishsizlik davlat siyosati sifatida qabul qilingan. Hatto sotsial-demokratik hukumat «ish bilan to‘liq bandlik» siyosatini o‘tkazgan Shvetsiyada ishsizlikning rasmiy tan olingan eng kam darajasi 1,5 % ni tashkil etgan. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (X M T ) uslubiyatiga ko‘ra, ish bilan band emaslik darajasi ishsizlar sonining mehnat resurslari soniga bolgan nisbati bilan tenglashadi. U ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifdagi tuzilmaviy nomutanosiblikni ko‘rsatadi va bu bilan bo‘sh ish joylari va ish izlayotgan shaxslarning bir vaqtda mavjudligini bildiradi. Bugungi kunda ish bilan bandlik qator omillar ta’sirida shakllanmoqda.

Ishlab chiqarish sohasida sodir bolayotgan o‘zgarishlar:

- xomashyo, materiallarni yetkazib berish va moliyalashning kamayishi munosabati bilan ishlab chiqarish (ish, xizmatlar) hajmining kamayishi;

- korxonalarda mehnatni tashkil etish va unga haq tolashning takomillashtirilishi; - korxonalarda boshqaruv tuzilmalarining takomillashtirilishi.

Iste’mol savatining qimmatlashuvi natijasida aholi turmush darajasi, uning daromadlari va iste’moli darajasidagi o‘zgarishlarda namoyon boladigan iqtisodiy omillar.

Omillarning ijtimoiy-demografik guruhi:

- mehnatga layoqatli aholi soni;

- tabiiy o‘sish va oddiy ish miqdori;

- mamlakatda yoshlar miqdorining uzluksiz o‘sib borishi (kollej va litsey bitiruvchilari, harbiy xizmatdan qaytganlar ;

- migratsiya jarayonlarini faollashtirish;

- kadrlar qo‘nimsizligining keskinlashuvi. Ish bilan bandlikning hozirgi holati ko‘p jihatdan mehnat va ijtimoiy siyosat sohasidagi o‘zgarishlar bilan bogdiq. Ish bilan bandlik sohasidagi vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tarmoqlarda ish bilan ta’minlanish darajasi turlicha ekanligida;

- noishlab chiqarish sohasidagi ish bilan bandlikning past darajada ekanligi ishlovchilarning ko‘pchilik qismi moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat qilayotganligi bilan xarakterlanadi;

- qishloq xo‘jaligi va sanoatda ish bilan band bolgan xodimlar soni nisbatan yuqori bolsa-da, ularning jami ish bilan bandlikdagi ulushi biroz pasaygan. Ish bilan bandlikning eng muhim xususiyatlariga, uning samaradorligi nuqtayi nazaridan, yiriklashgan makrodarajada baho berish zarur. Bunday baho berish faqat mavjud muammolarni aniqlash uchun emas, balki ish bilan bandlik sohasidagi ortib borayotgan qonuniy tamoyillarni aniqlash uchun muhimdir. Ko‘rsatkichlar mazmunining tasdiqlashicha, ish bilan bandlik faqat iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, yaqqol ifodalangan ijtimoiy mazmunga ham ega.

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida 15 yoshdan 24 yoshgacha bolgan yoshlar soni bir milliarddan oshib ketgan. Ular yer yuzi aholisining 20,0 % dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Yoshlarning 85,0 % rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qiladi. Insoniyatning butun tarixi davomida hozirgi avlodning o‘qimishli ekanligi tan olinsada, 113 million nafar bola maktabga bormaydi. Zamonaviy dunyoda 130 million o‘smirning savodsiz ekani tan olinadi. Yevropada 25 yoshgacha bodgan 5 milliondan ortiq ishsiz mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yoshlar, norasmiy shaklda ishlaydi. Yoshlar kam miqdordagi ish haqiga bo‘lsada, ishlashga rozi boladi. Iqtisodchilaming fikricha, yoshlar qanchalik ko‘p noqonuniy mehnat bilan band bolsa, mamlakat shunchalik iqtisodiyoti qiyin ahvolda qolaveradi. Jahondagi ishsizlik muammosi xavfli holat ekani tan olinadi. Bu nafaqat iqtisod uchun, balki ijtimoiy hayotda ham fojealarga sabab boladi. AQShdagi yoshlar orasida esa giyohvandlar, jinoyatchilar, ishsizlar, irqchilar soni ortib borayotganidan xavotirlar paydo boldi. Center for American Progress tadqiqot tashkiloti xulosalariga ko‘ra, 10 milliondan ortiq yosh amerikalik ish topishga qiynalmoqda. Yoshlar orasidagi global ishsizlik 13,1 % ni tashkil qiladi. Bu kattalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichdan uch barobar ko‘p ekanini ko‘rsatib turibdi. Xalqaro Mehnat tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, shuningdek, Lotin Amerikasi, Karib xavfzasi va Janubiy Yevropada bu boradagi ko‘rsatkich ancha yuqori ekani aytiladi. Kuzatuvchilarning fikricha, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan yoshlar global inqirozning asosiy jabrdiydasiga aylanishdi. Vaziyatni tahlil qilgan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti bu holatni yoshlar o‘rtasidagi inqiroz deb atadi. Inqirozning yana bir sababi, rivojlangan davlatlarda ish beruvchilar yoshi kattalarni emas, balki yoshlarni ishdan bo‘shatishni afzal ko‘rishadi. Yoshlar o‘rtasida ishsizlar soni bo‘yicha Afrika qitasi yetakchilik qiladi. Liberiya, Malavi va Togoda 25 yoshgacha bodgan yoshlaming 70,0 % dan ko‘prog’i ishsizlikni o‘ziga kasb qilib olishgan. Bu kabi muammoni iqtisodi taraqqiy etgan Xitoy va Hindiston ham bartaraf eta olmayapti. To‘g‘ri, bu ikki mamlakatdagi vaziyatni Afrika va Lotin Amerikasi bilan taqqoslab bolmaydi.

Yoshlar o'rtasida yana bir illat paydo bo‘lgan. XXI asr - ilm-fan va texnika, taraqqiyot asri. Zamonaviy dunyoni kompyuter, mobil telefoni, nanotexnologiya mahsulotlarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Shu boisdan ham yoshlarning dunyoqarashi tubdan o‘zgarib ketdi. Bugungi yoshlar o‘z vaqtini mansab pilla-poyalaridan ko‘tarilishni o‘ylab emas, balki bekorga sarflayotgandek bolmoqda. Ular kunlarini Intemetning ijtimoiy tarmoqlarida, virtiual olamda o‘tkazishni afzal ko‘rishmoqda. Internetga mubtalo bolish XXI asrning bedavo kasalligidir. Real hayotdan virtual makonga o’tayotganlar ko‘payib borayotgani tashvishli hol, albatta. Yoshlar - bizning kelajagimiz. Agar mamlakatda yoshlar bilan bog’liq muammolar bor ekan, u mamlakatning kelajagi yo‘q. Kechagi va bugungi kun bilan emas, balki ertangi kun uchun ham yashash kerak. Buning uchun kelajak avlod borasida qayg‘urish kerak. Ularga barcha imkoniyatlami yaratib berish zarur. O‘zbekistonda ham yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi eng dolzarb vazifalardan biri bolib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari ochish, ular halol mehnat qilib, daromad topishi yodida ko‘p ishlar qilinmoqda. Xalqaro mehnat tashkilotining «Yoshlar o‘rtasida ishsizlik 2017» ma’ruzasida ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda dunyoda 15-24 yoshdagi yigit-qizlar o‘rtasida ishsizlik darajasi 12,0 % ni tashkil qiladi. 2017-yilda kurrayi zaminimizdagi 70 ming dan ko‘proq yigit-qiz ish topa olmagan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan kamaygan bolsa ham, bugungi kunda jahon bo‘yicha jami ishsizlaming 35,0 % ni yoshlar tashkil etadi. Bu esa dunyo bo‘yicha ishsizlikning o‘rtacha darajasidan deyarli uch baravar ko‘pligini anglatadi. Shu bilan birga, yoshlar mehnat bozorida raqobatdosh bolmaganliklari sababli juda kam ish haqiga ham ishlashga rozi boladi. Xalqaro mehnat tashkiloti dunyodagi yosh ishchilarning 39,0 % (160 ming kishidan ko‘prog’) kambag‘allik darajasida kuniga atigi 3,1 AQSh dollari hisobiga kun kechirayotganliklarini qayd etdi. Shuning uchun O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatida ushbu masalaga alohida e’tibor beriladi. Xususan, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:

- yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

- yoshlarni ishga joylashtirish va ularning ish bilan bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

- yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida imtiyozli kreditlar beriladi. Ularni tadbirkorlik faoliyati asoslari bo‘yicha o‘qitish, ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlikni shartnoma asosida rivojlantirish, tegishli imtiyozlar va afzalliklar belgilashga yo‘naltirilgan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan yosh fuqarolarni ishga joylashtirishga yordam qo‘shimcha ish o‘rinlari va ixtisoslashtirilgan korxonalarni barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori zaxirasini yaratish yo‘li bilan ta’minlanadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining zimmasiga yoshlarning ish bilan bandligi va ularni ishga joylashtirish siyosati ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, mehnat bozori va yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish amaliyoti monitoringini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Mamlakatdagi mehnat organlari esa:

- yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

- yoshlarning ish bilan bandligi darajasini tizimli asosda tahlil qiladi, ulaming o‘ziga mos keladigan ish bilan bandligini ta’minlashda ishtirok etadi;

- yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha innovatsion tizimni tashkil etish;

- yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi. Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham tegishli hududda joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarda yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi. Yoshlarning samarali ish bilan bandligini ta’minlash va ular orasida ishsizlik darajasini kamaytirish mexanizmi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarning eng asosiylari hisoblanadi. Uning samarali faoliyat olib borishi quyidagi chora tadbirlarni bajarishni talab etadi:

- hududiy yoshlar mehnat bozoridagi o‘ziga xos xususiy muammolarni yechishda mahalliy boshqaruv organlari rolini kuchaytirish;

- yoshlar o‘rtasida yuqori ishsizlik darajasi kuzatilgan hududlarda davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari ijtimoiy fondlar hisobidan hududda ijtimoiy iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish;

- monoiqtisodiy tuzulmaga ega aholi punktlari, shahar va sanoati rivojlangan hududlarda yoshlarning ommaviy ishsizligining salbiy asoratlarini bartaraf etish;

yosh xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatilishlarining oldini olish, yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish va yangilarini yaratish, yangi progressiv ishlab chiqarish tuzilmalari uchun yosh kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni istiqbolli rejalashtirish;

- iqtisodiy jihatdan nochor korxonalar yosh ishchilarining mehnat huquqlarini ta’minlash, ishjoyini yo‘qotgan yoshlami samarali qo'llab-quwatlash;

- malaka oshirish hamda ijtimoiy himoyalash maqsadida kerakli bo‘lgan infratuzilmaga ega yirik «yoshlar qurilishlari»ni tashkil etish. Milliy mehnat bozori va uning hududiy bo‘g‘inlarining tarkibiy qismi hisoblangan yoshlar mehnat bozorini shakllantirish murakkab, ko‘p bosqichli, uzoq muddatli, ammo obyektiv zarur bo’lgan jarayon hisoblanadi.

Uning rivojlanishi yoshlar uchun ham, ish beruvchilar uchun ham og‘riqli kechadi. Mazkur bozor unda aylanuvchi resurslarning o‘ziga xosligi bilan boshqa bozorlardan farqlanib turadi. Shu nuqta’i nazardan, u makro, mezo va mikroiqtisodiy muvozanatni, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda yoshlar mehnat bozori o‘z ichki tuzilmasiga, alomatlariga, qiziqish doirasiga va ish maromiga ega. U mehnat bozorining boshqa unsurlaridan turli-tuman munosabatlar bilan o‘zaro bog‘langan har xil sifatli tarkibiy qismlar (kichik tizimlar, tuzilmalar, obyektlar) tizimi bilan farqlanadi. Yoshlik har bir inson hayotining o‘ziga xos davri bo‘lganligi uchun, yoshlar mehnat bozorining tarixiy yaxlitligi haqida so‘z yuritish mumkin, chunki dunyo aholisining barcha avlodlari yoshlik bosqichidan o‘tgan. Bundan tashqari, sinfiy jamiyat yuzaga kelgan davrdan boshlab mehnat bozorida mulkdorlar tomonidan ijtimoiylashish jarayonini boshdan kechirayotgan va bo‘sh ish joylarini to'ldirish fazilatlari yoshlarning fazilatlariga mos keluvchi ishchi kuchi talab etilgan ish joylariga da’vogar bo‘la oladigan ishchi kuchi taklif qilingan.

O‘zbekistonda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi va ish bilan bandligini ta’minlash masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi globallashuv davrida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat» kabi xavf-xatarlar ko‘payib, ularning ta’siri yoshlar hayotida jiddiy muammolar keltirib chiqarayotgan bir pallada muhim ahamiyatga ega. Shu bois, mamlakatda yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratish, ularning qalbiga quloq solish, dardini tinglash, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash bugungi muhim masalalaridan biridir.

«Uyushmagan yoshlar» deganda, odatda, hech qayerda o‘qimaydigan va ishlamaydigan yigit-qizlar tushuniladi. Yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardosh emasligi ularning zarur ko‘nikmalarga, ish tajribasiga ega emasligi bilan izohlanadi.

Hozirgi davrda yoshlarning mehnat bozoridagi mavqeyiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:

- o‘rta va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘z ixtisosliklari bo‘yicha ishlab chiqarishdagi aniq ish joylarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yetarlicha amaliy tajribaga ega emasliklari;

- ta’lim muassasasida olingan bilim va orttirilgan ko‘nikmalarning ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq emasligi;

- yosh mutaxassislarni ish joylaridagi sharoitlar, mehnatga to’lanadigan haqning ko‘p holatlarda qoniqtirmasligi;

- mehnat faoliyatlari istiqbollarining aniq emasligi;

- amaldagi mehnat qonunchiligida yoshlarga qator imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilganligi uchun ularning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishi va boshqalar. Ishsizlarning aksariyat qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016-yili 477 ming 743 nafar yosh yigit-qiz kollejlami bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 % ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Savol tug‘iladi: bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitimvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qayerdan paydo bo‘lyapti? Buning asosiy sababi ta’lim muassasalari bilan milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida mustahkam amaliy aloqalar o‘rnatilmaganligi edi. Shuning uchun kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari ba’zi kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha mehnat bozoridagi real talabdagiga qaraganda sezilarli darajada ko‘p, boshqa kasb va ixtisosliklari bo‘yicha esa mehnat bozori talabini qondira olmaydigan darajada kam mutaxassislar tayyorlamoqda.

Mehnat bozori vositasida ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish o‘rtasida qalin hamkorlikning yo‘lga qo‘yilmasligi quyidagi muammolarni keltirib chiqarishi aniqlangan: birinchidan davlatning va uy xo‘jaliklarining mutaxassislar tayyorlash uchun xarajatlari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishlab chiqarishda haq to‘lanadigan ish bilan ta’minlangan taqdirdagina o‘zini oqlaydi. Yoshlaming egallagan ixtisosliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlarda doimiy ish joylariga ega bo‘lmasliklari inson kapitaliga investitsiyalarning besamar bo‘lishiga olib keladi; ikkinchidan ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash darajasining fantexnika va innovatsion taraqqiyoti sur’atlaridan orqada qolayotganligi (ma’lumki, bilimlar hajmi har uch yilda ikki baravarga ko‘payayotgani holda ta’lim muassasalaridagi o‘quv dasturlari va rejalariga o‘zgartirishlar kiritish ko‘p yillarga cho‘zilib ketadi va eskiradi);

uchinchidan u yoki bu turdagi ixtisoslikka ishlab chiqarish ehtiyojning o‘z vaqtida qondira olinmayotganligi (ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari va turlari o‘zgartirilishining iqtisodiyotdagi yangilanishlar sur’atlaridan jiddiy orqada qolayotganligi);

to‘rtinchidan ta’lim muassasalarida talabalarga berilayotgan bilim va ko‘nikmalarning ishlab chiqarish amaliy takliflariga nomuvofiqligi va boshqalar. Umuman, amaliyot mehnat bozori va ishlab chiqarish bilan uzviy aloqada bo‘lmagan ta’lim tizimi iqtisodiyot uchun tom ma’noda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qodir emasligini ko‘rsatmoqda. Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasi ham milliy iqtisodiyot uchun yuqori malakali zamonaviy kadrlar tayyorlashda ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish va mehnat bozori bilan uzviy bog‘liqligi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan yaqqol dalolat beradi. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar ta’lim sohasida o‘qitish davomiyligini bir yilga ko‘paytirish mehnat resurslarini takror hosil qilish uchun xarajatlar yalpi ichki mahsulotni 3,0-6,0% ga oshirishga olib kelishini ko‘rsatgan. Ya’ni ta’limni innovatsion talablar asosida modernizatsiya qilish asosida mehnat resurslarini kasbiy tayyorlash uchun investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion iqtisodiyotga erishish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mamlakatning raqobatbardoshligini kuchaytirish omiliga aylangan. «Bizning tadqiqotlarimiz ta’lim va o‘qitish milliy raqobatbardoshlik ustunligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynashiga biror shubha qoldirmadi, - deb yozadi mashhur olim M. Porter o‘zining «Xalqaro raqobat» asarida. U g‘or segmentlar va yangi tarmoqlarda murakkabroq raqobat ustunligiga erishish yuqoriroq malaka va qobiliyatga ega bo‘lgan inson resurslarini talab qiladi». Mamlakat iqtisodiyoti darajasini oshirishga intilish esa inson resurslarining sifatini muttasil oshirib borishi kerak. Bu ish beruvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim standartlarini, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning malakasiga talablarni tayyorlashning shakllantirish va takomillashtirish imkonini yaratadi. Mavjud bo‘lgan tizimdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini davlat tomonidan taqsimlanishi sharoitlarida ta’lim muassasalari bilan korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, asosan, ish kuchini hosil qilish va undan foydalanish masalalarini qamrab olar edi. Bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlantirilishi bilan «ta’lim muassasasi-korxona» o‘zaro munosabatlarida iqtisodiy xususiyatlarga ega ta’sirchan mexanizmlar, xususan, marketing kengroq qodlaniladigan bo‘ldi.

Mamlakatimizdagi yoshlaring 650 ming nafari «uyushmagan»lar hisoblanadi. Ularning 98% hech qayerda ishlamaydi. Holatni hisobga olgan holda, O‘zbekistonda 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tish munosabati bilan bo‘shaydigan kollej ustaxonalari negizida yoshlarni, ayniqsa, uyushmagan yoshlarni 6 oygacha bo‘lgan muddatda bepul o‘qitish va kasbga qayta o‘qitish markazlari tashkil etildi.Uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka qiziqishlarini oshirish maqsadida ular tashkiliy ravishda ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subyektlari bilan tanishtirilmoqda. Shu bilan birga tadbirkorlik va fermerlikka qiziqishi, layoqati bor uyushmagan yoshlar aniqlanib, ular usta-shogird an’anasi asosida tadbirkorlik subyektlariga biriktirilmoqda. O‘z biznessini boshlayotgan yosh tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda yuridik, texnik va boshqa maslahat yordamlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Uyushmagan yoshlarni qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishga jalb qilishda Yosh fermerlar kengashi muhim tashkilotchilik ishlarini amalga oshirmoqda. Hozirgi paytda mamlakatda 4800 nafar yosh fermer 300ming gektar maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga munosib hissasini qo‘shmoqda. Ulardan 1158 yosh fermer keng profilli fermer xo‘jaliklariga rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham aholini ish bilan band etish doirasida uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi natijasida, hududlar mehnat bozoridagi ishga joylashishga muhtoj fuqarolar, uyushmagan yoshlar va imkoniyati cheklangan shaxslarni, iqtisodiyot hamda mehnat bozorining real talablaridan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali ulaming ish bilan bandligiga erishiladi6.


Yüklə 93,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin