Axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodlari
1. An‘anaviy metodlar. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi. Bu
o‘qitish metodidan foydalangan dan qanday bo‘lmasin belgilagan vaqt ichida
kerakli mazmunni yetkazib berishga qaratilgan metoddir.
2. Noananaviy metodlar. Hozirgi kunda akademik Yu.K.Babanskiy tavsiya
etgan tasniflash keng tarqalgandir. Unda o‘qitish metodlarining uchta katta guruhi
alohida ajratilgan:
- o‘quv – bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishi metodlari;
- o‘quv – bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari;
- o‘quv – bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivasiya metodlari.
Ushbu metodlar darslarni tashkil etishning noan‘anaviy metodlaridan
foydalanish dars samaradorligini oshirib o‘quvchilarning bilish, uz o‘zini nazorat
qilish hamda fanga bo‘lgan qiziqishlarni ortirib borishga qaratilgan metodlardir.
3. Interaktiv metodlarni ta‘lim jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari –
ta‘lim jarayonini aniq belgilangan maqsadga yo‘naltirish, o‘qituvchi va talaba
o‘rtasida o‘zaro muntazam aloqani o‘rnatish, o‘qitishni yangi pedagogik
texnologiyalarning falsafiy asosi sifatida e‘tirof etilgan talabaning xatti-harakatlari
hamda ularning mazmuniga tayangan xolda tashkil etish kabilar sanaladi.
Interaktiv metodlarning asosiy mezonlari – o‘quvchilarning o‘quv-bilish
faoliyatini boshqarish, o‘quv jarayonini oldindan loyixalash, rejalashtirish, ta‘lim
jarayonida invariant testlardan foydalanish kabilardan iborat.
Ta‘lim jarayonida o‘quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi, o‘qish jarayonida
bilim olish, malaka va ko‘nikma xosil qilish, innovasion faoliyat tizimi va
pedagogikaning
innovasion
faoliyatini
qamrab
olgan.
Xozirgi
zamon
texnologiyalari tavsifi berilgan.
Ushbu har ikki xujjat ham o‘zining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra ta‘lim
jarayoniga yangi texnologiyalarni faol olib kirishda respublika pedagoglari uchun
muhum yo‘l-yo‘riq bo‘ldi. [8]
16
Akademik litsey o‘quvchilarini mutaxassislikka yo‘naltirishda ularning
shaxsiy, irodaviy xamda xissiy sifatlarini inobatga olish bilan birga salomatlik
darajasini o‘rganish muxum axamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning salomatligi
xaqida muayyan ma‘lumotlarga ega bo‘lmasdan turib, uni ta‘limda interfaol
metodlardan foydalanish buyicha pedagogik faoliyatni tashkil etish ijobiy natijasi
ta‘minlanmaydigan jarayondir.
Akademik liseylarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda yangi
pedagogik texnologiyalari o‘qituvchilarining o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida
qo‘llab ish olib borish uchun mo‘ljallangan.
Akademik liseylarda olib borilgan tajriba-sinov darslarida o‘qitishning quyidagi
interfaol usullaridan foydalanildi.
- aqliy hujum;
- kichik guruhlarga ajratilib amaliy ish bajarish;
- pinbord (inglizcha pin -mustakamlash, boord-doska);
- rolli o‘yin;
- induvidual amaliy ish bajarish;
- kichik guruhlarda bahs-munozara;
- tadbirkor ishbilarmonlik o‘yini;
- kichik guruhlarga ajratilib boshqalarni o‘qitish;
- tadqiqot usuli, blis so‘rov, rez‘yume, labirint, fsmu va hokazo.
Bunday interfaol usullarda darsni tashkil etishda bevosita multimedia
vositasi sifatida elektron o‘quv-metodik qo‘llanma yaratilib, undan dars jarayonida
foydalanildi. Yaratilgan multimedia vositasidan nafaqat axborot texnologiyalari
fanini o‘rganuvchilar, balki kompyuterda ishlashni o‘rganuvchi ixtiyoriy
foydalanuvchilar ham o‘z bilimlarini oshirishda foydalanishi mumkin.
Malakaviy ishda uning doirasida tajriba ishlarini olib borishda pedagogika
amaliyotida o‘quvchilarni ta‘limda yangi pedagogik texnologiyalaridan
foydalanish borasida qo‘llanilib kelinayotgan bir necha metodlardan samarali
foydalanildi.
17
Bugungi kunda bunday metodlardan ―Fikriy hujum‖, ―Yalpi fikriy hujum‖,
―Fikrlarning shiddatli hujumi‖, ―6x6x6‖, ―Aqliy hujum‖, ―Qarorlar shajarasi‖,
―Klaster‖, ―Qaror qabul qilish‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi ortiqcha‖ kabi
metodlari haqida aniq va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mulohazalar mavjud.
Biz quyida ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan
ayrimlarining mohiyati va ulardan foydalanish haqida fikr yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: |