1.2. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining
mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27 yanvar
kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ―Mamlakatni modernizasiya qilish va
kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimizdir‖, hamda Vazirlar
Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ―Asosiy
vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini ya‘nada
yuksaltirishdir‖ mavzularidagi ma‘ruzalarida ham o‘quv jarayoniga yangi
axborot –kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar
hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari,
kasb-hunar kollejlari va liseylarida, oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim berish
sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini
eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan
mustaxkamlash vazifalari qo‘yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta‘lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda uzviylik va
uzluksizligini ta‘minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta taxlildan
o‘tkazish, Davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta‘lim
bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash asosida tubdan
isloh qilish zarur bo‘ladi. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida
umumta‘lim predmeti sifatida kiritilgan «Axborot texnologilari» o‘quv predmeti
ham bundan mustasno emas.
Axborot texnologiyalari fani o‘quv dasturi o‘rta maxsus, kasb–hunar
ta‘lim muassasalari (akademik lisey va kasb-hunar kollejlari) uchun
mo‘ljallangan.[4]
Dostları ilə paylaş: |