KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish, uni
boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lishi
uchun avvalo kompyuter savodxoni bo‘lishi, axborot texnologiyalarini puxta
egallamog‘i lozim. Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat‘iy nazar, o‘z
vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi,
kompyuter tarmoqlarini va internet xizmatidan foydalanish uslubiyotini bilishi va
ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda
mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning
mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖da ―Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini
mamlakatning
ijtimoiy
va
iqtisodiy
taraqqiyoti
istiqbollarida,
jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi‖ deb belgilab
qo‘yilgan [1].
Yuqoridagilar asosida ta‘lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda uzviylik va
uzliksizligini ta‘minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta tahlildan
o‘tkazish, Davlat ta‘lim sandartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta‘lim
bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash asosida tubdan
isloh qilish zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida
umumta‘lim predmeti sifatida kiritilgan informatika predmeti ham bundan
mustasno emas.
O`zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan e`tiboran
mamlakatimizni axborotlashtirish muammosiga xukumatimiz alohida e`tibor
qaratmoqda.Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil fevral oyidagi "Milliy
tarmoqni yaratish va dunyo axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartiblash
to`g`risida"gi, keyinroq "O`zbekiston Respublikasida 1999-2003 yillar ichida
4
ma`lumotlarni uzatish milliy tarmog`ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi",
2002 yil iyunidagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot –
kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to`g`risida"gi
qarorlari qabul qilindi. Shu munosabat bilan respublikamizning qator ta`lim
muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi
bilan jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmoqlariga ulanishi, elektron
aloqalar bilan ta`minlanishiga e`tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta`lim
mazmunini samarali qilish maqsadida respublika ta`lim muassasalariga yangi
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o`quv rejalariga kiritilgan
fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalangan, jumladan, masofadan
turib o`qitish, kompyuterlashtirilgan anjumanlar o`tkazish, elektron darsliklar
yaratish va ularni o`quv - tarbiya jarayonida qo`llashga qaratilgan tadbirlardir.
O`zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan
vazifalarni amalga oshirilayotgan, shuningdek, davlat ta`lim standartlari
tasdiqlanib hayotga qo`llanilayotgan bir paytda ta`lim muassasalaridagi o`quv-
tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun O`zbekiston Respublikasida 2003
yilning 11 dekabrida "Axborotlashtirish to`g`risida"gi qonunni qabul qilinishi ham
bejiz emas. Ushbu qonunning "Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog`lanishi"
nomli 18 - moddasida " kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy
tadqiqotlarni rag`batlantirish" vazifasiga ham urg`u berilgan [4].
Zamonaviy kompyuter va axborot tarmoqlari iqtisodiyot, fan va ta‘limning
barcha sohalariga keng joriy etish halqaro ahborot tizimlariga shu jumladan yuqori
malakali mutaxasislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2011-yilni ―Kichik
biznes va hususiy tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon qilinishi, yurtimizda amalga
oshirilgan iqtisodiy islohotlarga yanada chuqurroq yondoshishga sabab bo‘lmoqda.
Bu esa o‘z navbatida, yurtimiz istiqbolini yanada ravnaq topishida muxum
axamiyatga egadir. Shuni ta‘kidash lozimki, so‘ngi yillarda iqtisod-siyosat, ilm –
fan, texnika soxalari, ularga qaratilayotgan e‘tibor sezilarli darajada o‘sdi.[2]
5
Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni kun sayin to`lib
toshayotgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol faoliyat ko`rsataolishga
o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash
sharoitini yaratib berish zarur.
Zamonaviy etapda ommani axborotlashtirish va ta‘limning rivojlanish
strukturasida ko‘pgina an‘anaviy usuldan voz kechib, yangi usullarga asoslangan
ta‘lim oluvchi, o‘qituvchi bilan kompyuter orqali o‘rganishi. Bu ta‘lim binosidan
ancha uzoqda bo‘ladi. Buni biz masofaviy ta‘lim deb nomladik.
Masofaviy ta‘lim tizimida ma‘ruzalarning elektron varianti muhim rol
o‘ynaydi. Zamonaviy informatsion texnologiyalar ishlatilishi sharofati bilan
o‘qituvchi tomonidan berilgan an‘anaviy ta‘lim berish usulidagi muammolarni
echish qobiliyatiga ega. Gipermurojat bilan matnni sintezlash pedagogik
komplektni tashkil etib, an‘anaviy usul bilan taqqoslaganda ancha o‘zlashtirish
jarayoni engillashtiradi.
Masofaviy ta‘lim internetning tarqalishi tufayli yangi o‘qitish instrumentini
rivojlantirish yangi bosqichiga keldi. Endi tarmoq texnologiyasi bilan har qanday
ma‘lumotga momental ruxsatni tashkil qilish mumkin.
Hozirgi vaqtda ―Masofaviy ta‘lim‖ ning informatsion oqimi ikkiga yo‘naltirish
mumkin. Elektron darslikni tashkil etuvchi CD diskga yozilgan multimediyali
darsliklar to‘plami va ma‘ruzalarning elektron varianti, serverda joylashgan va
internet orqali ruxsat etilgan uslubiy va yo‘riqnomalar manbai [22].
Dostları ilə paylaş: |