S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
ISITMALAYOTGAN BEMORLARNI PARVARISH QILISH
Isitmaning o‘tishi 3 davrga bo‘linadi. Haroratning ko‘ta-
rilishi, maksimal (yuqori) darajaga chiqishi va pasayishi. Tibbiy-
ijtimoiy xodim bu davr xususiyatlarini yaxshi bilishi hamda
bemorlarni parvarish qilishni ko‘ngildagidek bajara olishi zarur.
Birinchi davr – haroratning ko‘tarilish davri bo‘lib, bunda
tananing issiqlik hosil qilishi issiqlik yo‘qotishdan ustin bo‘ladi.
Bu davr bir necha soatdan bir necha kun va hatto haftagacha
davom etishi mumkin. Bemor haroratning tez ko‘tarilishini an-
cha og‘ir o‘tkazadi; qaltirab, eti uvishadi, labi, oyoq va qo‘l-
larning uchlari ko‘karib, boshi og‘riydi, umumiy ahvoli yomon-
lashganligidan shikoyat qiladi. Bemor holatining og‘irligi keyin-
chalik chiqadigan harorat ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday
hollarda tibbiy-ijtimoiy xodim bemorni zudlik bilan yotqizib,
oyoqlariga isitkich qo‘yishi, issiq ichimliklar (issiq choy, qahva)
ichirishi, yaxshilab o‘rab qo‘yishi va yolg‘izlatib qo‘ymasligi
lozim.
Kasallikning ikkinchi davrida tanada issiqlik yo‘qotish bilan
issiqlik hosil qilish nisbatan muvozanatda bo‘ladi. Bu davr bir
necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi.