S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
SUV BALANSINI ANIQLASH Tana vaznining o‘rta hisobda 65% ni (45 – 75%gacha) suv
tashkil etadi, odam kuniga o‘rta hisobda 2,5 litr suyuqlik iste’-
mol qiladi, shundan taxminan 1,5 litrini turli suyuqliklar (sut,
sho‘rva, kisel, choy, kofe va hokazo) ko‘rinisida qabul qiladi va
qariyb 1 litrini 40% suvdan tashkil topgan ovqatdan oladi. Jis-
moniy ish vaqtida va tashqi muhit harorati oshganda odamning
suvga bo‘lgan ehtiyoji bir muncha oshadi. Ichilgan suyuqlik
miqdori bilan ajratilgan suyuqlik miqdori o‘rtasidagi nisbat suv
balansi deyiladi.
Odatda ichilgan suyuqliklarning 70% organizmdan turli
yo‘llar bilan qaytib chiqadi. Bu ko‘rsatkichning kamayishi
organizmda shish paydo bo‘lganidan ko‘payishi esa organizmda
degidratatsiya – suv yo‘qotish bo‘layotganidan darak beradi.
Suv balansini aniqlash uchun tibbiy-ijtimoiy xodim sutka
davomida bemor iste’mol qilgan barcha suyuqliklarni (ovqat,
meva, sabzavotlar, suyuqliklar, suyuq dori vositalari) hisobga
olib boradi. Shu davr ichida ajratgan axlati, siydigi, terlash
xususiyatlarini ham aniqlaydi. Olingan nisbatga asoslangan
holda suv balansi haqida xulosalar chiqariladi.