109
5 – parhez jigar kasalliklarida;
6 – parhez podagra va uratli diatezda;
7 – parhez buyrak kasalliklarida;
8 – parhez semizlikda;
9 – parhez qandli diabetda;
10 – parhez yurak qon - tomir kasalliklarida;
11 – parhez sil, umumiy ozib ketishda;
12 – parhez asab sistemasi kasalliklarida;
13 – parhez o‘tkir yuqumli kasalliklarda;
14 – parhez siydikning kislotali reaksiyalari va fosfatu-
riyada;
15 – parhez maxsus parhez stollari talab qilinmaganda
tayinlanadi.
Bemorni ovqatlantirishda tibbiy-ijtimoiy xodim bemorning
ishtahasi pasayishi yoki o‘z ehtiyojlaridan ortiq ravishda ovqat
iste’mol qilishi, ovqatlanishi haqida yetarli ma’lumotga ega
bo‘lmasligi kabi muammolarga duch kelishi mumkin.
Bunday hollarda u bemorga ovqatlanishda yordam berishi,
bemorni moslashtirilgan ovqatlanishga o‘rgatishi, bemor va
uning qarindoshlariga parhezga rioya qilish va ratsional ovqat-
lanish haqida tavsiyalar berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: