O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

periferik  qusish  deyiladi.  Qusish  shuningdek,  kalla  suyagi  ichi-
dagi  bosim  oshganda  paydo  bo‘lishi  mumkin,  bu  markaziy 
qusish  deyiladi.  Markaziy  va  periferik  qusish  o‘rtasidagi  farq 
shundaki,  periferik  yoki  me’dadan  qayt  qilish  ko‘ngil  aynashi, 
so‘lak oqishidan keyin boshlanadi, qusuq massasida hazm bo‘l-
magan ovqat qoldiqlari topiladi. U nordon hidli bo‘ladi. Me’da 
bo‘shatilgandan  so‘ng  bemorning  ahvoli  ancha  yaxshilanadi. 
Markaziy  qusish  hech  qanday  belgisiz  to‘satdan  boshlanadi  va 
bemor  ahvolini  yengillashtirmaydi.  Ayrim  hollarda  atayin  qus-
dirish  zarur  bo‘lib  qoladi,  uning  uchun  til  ildizi  shpatel  bilan 
ta’sirlantirib  reflektor  ta’siridan  foydalaniladi.  Nahorda  qusuq 
massasiga  o‘t  suyuqligi  qo‘shiladi  va  unga  sarg‘imtir,  och  sariq 
ko‘kimtir  tus  beradi.  Og‘iz  bo‘shlig‘idan,  qizilo‘ngachning 
yuqori bo‘limlaridan yangi qon aralashib kelishi qusuq massasini 
pushti  rangga  bo‘yaydi,  me’dadan  qon  oqayotganida  u  me’da 
shirasini xlorid kislota ta’siri ostida rangini o‘zgartiradi va qusuq 
massasi  qo‘ng‘ir,  deyarli  qora  tusga  (kofe  quyqasi  rangiga) 
kiradi. 


111 
Tibbiy-ijtimoiy xodim bunday hollarda qusuq massasini shi-
fokor kelguncha qoldiradi, so‘ngra uni bo‘g‘zi keng va qopqoqli 
darajalangan  toza  bankada  laboratoriyaga  jo‘natiladi.  Yo‘llan-
maga  bemor  va  tekshirishning  maqsadi  haqida  ma’lumotlar 
yozilgan bo‘ladi.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin