S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
Qusayotgan bemorlarni parvarish qilish. Tibbiy-ijtimoiy
xodimning vazifasi qusayotgan bemor ahvolini imkon boricha
yengillashtirishdir: uni qulay holatda o‘tkazish, ko‘kragiga so-
chiq yoki klyonka solish, og‘ziga toza idishni yaqin qilib tutish
kerak. Tish protezlari olib qo‘yiladi. Agar bemor darmonsiz va
unga o‘tirishga ruxsat etilmagan bo‘lsa, qusish oson bo‘lgan
holat yaratiladi: boshni gavdasidan biroz pastga engashtiriladi va
bemor yotgan tomonga og‘zining burchagiga idishni yaqin tutib
turiladi, yostiq va ich kiyimlar ifloslanmasligi uchun bir necha
qavat qilib buklangan sochiq yoki choyshabcha yoziladi. Qusish
vaqtida tibbiy-ijtimoiy xodim bemor oldidan uzoqqa ketmasligi
va bu haqida darhol shifokorga xabar qilishi shart.
Qayt qilgandan so‘ng bemor og‘zini iliq suv bilan chaydirish
va lablarini, og‘iz burchaklarini artib turish lozim. Darmonsiz
bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘ini har gal qusgandan so‘ng suv yoki
zararsizlantiruvchi birorta eritmaga shimdirilgan paxta bilan
artib qo‘yish lozim. Qusishni to‘xtatish uchun bemorga bir
necha tomchi yalpiz suvi, bir qultum sovitilgan suv, muz
bo‘lakchasi, 5 ml 0,5% li novokain eritmasini berish lozim.