O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Behush  holda  qusayotgan  bemorlarga  qarash



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Behush  holda  qusayotgan  bemorlarga  qarash  va  ularga 
yordam  berish  tibbiy-ijtimoiy  xodimdan  katta  mas’uliyat  talab 
qiladi.  Bunda  qusuq  massalari  nafas  yollariga  o‘tib  ketishi  va 
natijada  aspiratsion  pnevmoniya  kelib  chiqishi,  ayrim  hollarda 
bemor  bo‘g‘ilib  qolishi  ham  mumkin.  Ushbu  oqibatlarning 
oldini  olish  uchun  bemor  qusmoqchi  bo‘lganda  tibbiy-ijtimoiy 
xodim  bemor  boshini  bir  tomonga  burishi,  qusib  bo‘lgandan 
so‘ng  og‘iz  bo‘shlig‘ini  qoldiq  massalardan  tozalab  qo‘yishi 
lozim.  
Kofe  quyqasi  yoki  sof  qon  rangidagi  qusuq  me’dadan  qon 
oqayotganini  bildiradi.  Qon  aralash  qusish  yuzning  oqarib  ke-
tishi, yopishqoq sovuq ter chiqishi, arterial bosimning pasayishi 
va pulsning ipsimon bo‘lishi bilan o‘tadi. U xatarli belgi hisob-
lanadi  va  tibbiy-ijtimoiy  xodimdan  tez  va  kechiktirib  bo‘lmay-


112 
digan  choralar  ko‘rishni  talab  etadi.  Tibbiy-ijtimoiy  xodim 
zudlik bilan shifokorni chaqirishi va bemorga u yetib kelgunicha 
bo‘lgan  yordamni  ko‘rsatish  lozim.  Me’dasidan  qon  oqayotgan 
bemor tezlik bilan gorizantal holatda yotqizilishi va me’da soha-
siga muzli xaltacha qo‘yilishi lozim. Muz erigan sari almashtirib 
turiladi.  Tibbiy-ijtimoiy  xodim  bemorni  tinchlantirishi  unga 
ruhiy  osoyishtalik  yaratishi  va  shifokor  kelguncha  uni  yolg‘iz 
qoldirmasligi,  shifokorning  barcha  ko‘rsatmalarini  shoshilmas-
dan, puxtalik bilan bajarishi zarur. 
Dastlabki  kunlari  bemorga  ovqat  berish,  suyuqlik  ichirish 
mumkin  emas,  keyinroq  sovuq  yoki  sal  iliq  suyuq  ovqatlar 
beriladi.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin