O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Qabziyat  (ich  qotishi)  –  ichakda  ovqatning  sekin  so‘rilishi 
oqibatda  yuzaga  kelib,  ichakni  ozgina  qattiq  axlat  kelishi  bilan 
turib-turib  bo‘shalishiga  (defekatsiya)  ga  olib  boradi.  Qabziyat 
ichakda  biror  kasallik  bo‘lmay  turib,  faqat  notog‘ri  ovqatlanish 
yoki  kamharakatlik  natijasida,  ovqat  miqdori  va  sifat  jihatdan 
ichak  peristaltikasi  yetarli  darajada  ta’sirlantirilmaganda  paydo 
bo‘lishi ham mumkin. 
Yotig‘liq  bemorlarda  ko‘pincha  qabziyat  bo‘ladi.  Bunga 
sabab  ulardagi  asosiy  kasallikgina  emas,  balki  kam  harakat 
qilish,  ishtaha  yo‘qligidan  ovqat  yeyishdir.  Shuning  uchun 
tibbiy-ijtimoiy  xodim  bemorga  qarayotganda  uni  ovqatning 
hammasini yeyishga undashi va ko‘proq suyuqlik ichirishi kerak. 
Qabziyatda  bemorlarda  qorin  og‘irlashadi,  dam  bo‘lib 
ichakning  to‘la  bo‘shalmaganligiga  xos  sezgi  paydo  bo‘ladi. 
Ichakda  axlat  massasi  turib  qolishi  natijasida  mahsulotlarning 
so‘rilishi,  organizmning  zaharlanishiga  olib  keladi.  Bu  –  bosh 
og‘rig‘i, lanjlik, behollikka olib keladi.  
Qabziyatga  qarshi  kurashish  uchun  kerakli  miqdorda 
suyuqlik (1,5–2 l bir kunda): suv va meva sharbatlari buyuriladi. 
Ovqat  ratsioniga  katta  miqdorda  meva  va  sabzavotlar,  yogurt, 
qatiq qo‘shiladi. Shokolad, tuxum, tvorog, yong‘oq kabi mahsu-
lotlar  iloji  boricha  tavsiya  etilmaydi.  Tibbiy  -  ijtimoiy  xodim 
shifokor  kelgunga  qadar  anjir  aralashmasini,  qora  olxo‘ri 
qaynatmasini,  og‘ir  hollarda  esa  Guttalaks  tomchisidan  berishi 
mumkin. 


114 
Shifokor  buyurganiga  qarab  vaqti  -  vaqtida  har  xil  surgi 
dorilar  beriladi  va  huqna  qilinadi.  Tibbiy-ijtimoiy  xodim 
bemorning  faqat  ichi  kelganligini  emas,  axlat  miqdorini  ham 
kuzatib borishi kerak.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin