DORI MODDALARNI YUBORISH USULLARI Dori moddalar rezorbtiv (qon orqali) va mahalliy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Dori moddalarini yuborish yo‘llari ularning
ta’sir mexanizmiga bog‘liq. 1. Tashqi usul – teri qoplamlari, shilliq pardalar yoki nafas
yo‘llari orqali.
2. Ichki (enteral) – og‘iz yoki to‘g‘ri ichak orqali.
3. Parenteral – me’da- ichak yo‘llarini chetlab.
Dori moddalarini sirtdan qo‘llash – teriga dorini bostirib
turish (primochkalar), dori moddasini bog‘lab qo‘yish (komp-
resslar), teriga surtib sindirish, sepish, malhamli bog‘lam qo‘-
yish, suyuq dorilarni teriga surtish, tomchi tomizish, ingalatsi-
yalar – bu turli xil dori shakllarining (maz, emulsiya, eritma,
kukun, nastoyka) ning sirtga nafaqat teriga qo‘llash usullaridir,
balki ko‘z, quloq, burun shilliq qavatlariga va boshqa joylarga
ta’sir qilish mumkin. Dorivor moddalardan sirtga foydalanish
ularning mahalliy ta’siriga asoslangan.