O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Kukundori  burunga  nafas  olinadigan  havo  oqimi  bilan 
tortiladi:  burunning  o‘ng  katagini  bekitib  turib,  kukunni  chap 
katagi orqali tortiladi va aksincha.  
Odam  hushdan  ketganda  reflektor  ta’sir  ko‘rsatish  uchun 
novshadil  spirtiga  ho‘llangan  paxta  sharcha  bemorning  burniga 
yaqinlashtiriladi, uning bug‘lari nafas orqali burunga kiradi. 
Tibbiy-  ijtimoiy  xodim  tomchi  dorilarni  burunga  tomizgich 
orqali tomizadi. Muolajani bajarishdan oldin qo‘llarini gigiyenik 
darajada  tozalab,  qo‘lqoplarini  kiyiladi  va  kerakli  jihozlarni 
tayyorlab  olinadi.  Albatta,  muolaja  mohiyatini  va  maqsadini 


121 
bemorga  tushuntiradi.  Bemorni  chalqanchasiga  boshi  ostiga 
yostiq  qo‘ymasdan  yotqiziladi  yoki  o‘tkazib  boshini  orqaga 
tashlashi  so‘raladi. Burun  yo‘llari  shilliq  bilan  to‘la bo‘lsa,  dori 
tomizishdan  oldin  bemorning  burun  yo‘llari  tozalanadi  va 
qoqishga yordam beriladi. Bolalarda esa burun steril paxta tam-
ponlar  bilan  tozalanadi.  Tibbiy-ijtimoiy  xodim  chap  qo‘lning 
bosh  barmog‘i  bilan  bemor  burnining  uchini  biroz  ko‘tarib, 
tomizgichdagi dorini burun qanotlariga tekkizmasdan (bolalarda 
har  bir  katagiga  4,  kattalarda  6  –  7  tomchidan,  yog‘li  dori 
moddalardan  15  –  20  tomchidan)  tomiziladi,  so‘ng  bemor 
boshini  tomchi  tomizilgan  katagi  tarafiga  engashtirishi  lozim. 
Dori  yaxshi  ta’sir  etishi  uchun  tomizib  bo‘lgach,  burun 
qanotlarini  burun  to‘sig‘i  tomon  bosib,  boshini  oldidan  orqaga 
va oldinga qilishi so‘raladi. Bir-ikki daqiqadan so‘ng burunning 
ikkinchi katagiga dori tomiziladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin