O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


TERMINAL DAVRIDAGI BEMORLARNI PARVARISH



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

TERMINAL DAVRIDAGI BEMORLARNI PARVARISH 
QILISH 
 
Og‘ir  va  umidsiz  bemorlar  bilan  muloqotda  qayg‘urayotgan 
qarindoshlarga  ruhiy  dalda  sifatida  tibbiy-ijtimoiy  xodim 
yordami  talab  etiladi.  Bemorga  yetkazilganidek,  oila  a’zolariga 
ham  o‘z  vaqtida  ularni  kutayotgan  yo‘qotish  haqida  xabar 
beriladi, chunki ular kasallikni tushunib yetishlari, undan so‘ng 
kutilayotgan  yo‘qotishni  anglab  olishlari  uchun  vaqt  talab 
etiladi.  Ko‘pincha  qarindoshlarda  bemor  olida  aybdorlik  hissi 
paydo  bo‘ladi,  kasallik  shu  darajaga  yetib,  shu  darajada  o‘ta-
yotganligiga  o‘zlarini  aybdordek  hisoblaydilar.  Kasalxonalarda 
davolash  faqat  bemorlarga  qaratilgan  bo‘lmaydi.  Har  qanday 
holda  ham,  qarindoshlarga  ham  tibbiy  xodimlarning  ruhiy 
ko‘magi  zarur  bo‘ladi.  Agar  bemor  o‘zida  ikki  tomonlama 
yaxshi  munosibatni  sezsa,  o‘zini  shaxs  sifatida  qadrlanayot-
ganligini  his  qilsa,  og‘riqsizlantirish  choralari  foydali  bo‘ladi, 
bemorning umidi uzilmay turadi. 
Qarindoshlar  shifokordan  kasallik  haqida  ma’lumotni  ol-
gach, tibbiy xodim bemorni parvarish qilish va qolgan hayotini 
osuda  o‘tkazish  bo‘yicha  barcha  savollarga  javob  beradi. 
Davolash muassasalarida yotgan bemorlarning qarindoshlari o‘zi 
his  qilayotgan  aybni,  majburiy  vidolashuv  kuchini  yengil-
lashtirishga  harakat  qilishi  kerak.  Bemorni  ko‘rgani,  xabar 
olgani borib, gaplashib o‘tirish shart emas, balki yostig‘ini to‘g‘-
rilab  qo‘yib,  yuz-qo‘lini  yuvib,  ovqatlantira  turib  o‘z  mehrini 
berish  mumkin.  Ba’zi  qarindoshlarga  bemor  oldiga  qanday 
tashrif  buyurishni  ham  o‘rgatish  lozim  bo‘ladi.  Qarindoshlari 
xuddi  tibbiy  xodimlar  yaratganidek  osuda  hayot  darajasini 
yaratishlari  lozim.  O‘layotgan  yoki  o‘lgan  odam  qarindoshlari 
bilan suhbat o‘tkazilayotganda o‘ta xushmuomala bo‘lish kerak. 
Bemorga  ham  uning  yaqinlariga  ham  qayg‘urish  bilan  bog‘liq 
narsalarini ma’lum qilmaslik kerak. 
Davolashning  barcha  usullari  yordam  bermasa,  bemor 
o‘limga  roziman  desa,  barcha  ichki  a’zolar  ishi  buzilib  bo‘l-


126 
ganda  palliativ  davolash  mumkin  bo‘ladi.  Bunday  davolash 
usulini  qo‘llashdan  maqsad  bemorga  va  uning  oila  a’zolariga 
yashashning  eng  yaxshi  sifatlari,  imkonlarini  yaratib  berishdan 
iborat. Palliativ davoning vazifalari: 
•  bemorga qulay va xavfsiz sharoitni yaratib, uni ta’minlab 
turish; 
•  bemor  o‘z  mustaqilligini  maksimal  darajada  his  qila 
olishi; 
•  bemorni og‘riq bezovta qilmasligi; 
•  ruhiy,  ijtimoiy  va  ma’naviy  muammolar  yechilib  borib, 
bemor o‘z o‘limiga iloji boricha ko‘nikib borishi; 
•  hayot  bilan  vidolashuvga  qaramay,  hayotning  oxirigacha 
bemorga  ko‘rsatilayotgan  qo‘llab  -  quvvatlash  tizimi  faol  va 
unumli ishlashga imkon berishi; 
•  bemor  qayg‘usini  yengishga  berilgan  yordam bekor  bo‘l-
masligi; 
•  o‘limi  yaqinlashayotganda  yaqinlari  yonida  tursa,  ular-
ning birdamligini his etishi. 
O‘layotganlarda  umid  iloji  boricha  so‘nib  borib,  yakka 
qoldirmasliklarini  iltimos  qiladilar.  O‘layotgan  bemorlarni 
parvarish  qila  turib,  ular  oila  a’zolari  yo‘qotish  kechinmalarini 
yengillashtira  turib,  ularga  dalda  berishni  to‘xtatmaslik  kerak. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin