124
Suvli eritmalar, mikstura va qaynatmalar 5, 10, 15 va 20 ml
belgili darajalarga bo‘lingan stakanlarda yoki qoshiqlarda (osh
qoshiqning o‘rtacha sig‘imi 15 ml, desert qoshiqniki – 10 ml,
choy qoshiqniki 5 ml) beriladi.
Spirtli va efirli nastoykalar, shuningdek, suyuq ekstraktlar
tomchilar bilan o‘lchanadi. Agar idishda tomchilagich bo‘lmasa,
tomchilar tomizgich yordamida sanaladi. Tomizgich yaxshilab
yuviladi, unga dori tortib olinadi, stakanga tomiziladi va suv
qo‘shiladi, chunki spirtli yoki efirli nastoykalarni toza holda
ichish mumkin emas. Har bir dorivor modda uchun alohida
tomizish kerak.
Dostları ilə paylaş: