S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
Dorilarni og‘iz orqali qo‘llash – peros, – to‘g‘ri ichak orqa-
li – perrektum va til ostiga qo‘yib – sub lingua ichga kiritiladi.
Bu usulning hammasi mahalliy, rezorbtiv va reflektor ta’sir
qilishi mumkin. Dori vositalarni yuborishning eng keng tarqal-
gan, oddiy va qulay usuli – ularni ichish.
Kukun, tabletka, habdori, tomchi, mikstura ko‘rinishdagi
dorilar ichiladi. Ko‘pincha dorilar bemorlarga ovqatdan 15 da-
qiqa oldin, ovqatdan keyin ichiladiganlarni – ovqatdan 15 daqi-
qadan keyin, uxlatadigan dorilar uyqudan yarim soat oldin,
ishtahani ochadigan dorilar bevosita ovqatdan oldin yoki ovqat
vaqtida beriladi va och qoringa ichilishi lozim bo‘lgan dorilarni
nonushtadan 20 – 60 daqiqa oldin tayinlanadi. Ba’zi bemorlar-
da (bolalar va yutishga qiynaladigan) dorini ichirish oson
bo‘lishi uchun uni maydalab yoki suvda eritib beriladi. Ruhiy
bemorlarga, suitsidga moyil kishilarga dorini tibbiy - ijtimoiy
xodimni o‘zi ichirib, so‘ngra bemor og‘zini, til taglarini ko‘zdan
kechirib, dorini ushlab qolmagani tekshiriladi.