O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Katetrlash – qovuqni siydik chiqarish, qovuqni yuvish, unga 
dori  moddasini  kiritish  yoki  tekshirish  uchun  siydik  olish 
maqsadida  qovuqqa  katetr  kiritishdir.  Katetrlash  yumshoq  va 
qattiq  katetrlar  yordamida  o‘tkaziladi.  Yumshoq  katetr  – 
(ayollarda) uzunligi 25 – 30 sm va diametri 10 mm gacha bo‘l-
gan  elastik  rezina  naychadan  iborat.  Ishlatishdan  oldin  katetr-
larni 10 – 15 daqiqa qaynatiladi. Qaynatish natijasida ular asta-
sekin  elastikligini  yo‘qotishi  va  yaroqsiz  bo‘lib  qolishini  unut-
maslik kerak. Ishlatilgandan so‘ng ularni iliq suv va sovun bilan 
yaxshilab yuviladi va yumshoq latta bilan artiladi. Rezina kate-
terlar  qopqoqli  va  emallangan  hamda uzun  shisha  qutichalarda 
2%  li  borat  yoki  karbol  kislota  eritmasida  saqlanadi,  aks  holda 
qurib, elastikligini yo‘qotadi va mo‘rt bo‘lib qoladi.  
Qattiq  katetrlar,  ya’ni  metall  katetr  (erkaklarda)  ning 
uzunligi 30 sm gacha bo‘lib, katetr o‘q (sterjen) va tumshuqdan 
iborat. 
Siydik  qopini  katetrizatsiya  qilish  uchun  quyidagi  jihozlar 
tayyorlanadi:  steril  yumshoq  katetr,  steril 
«Foleya»  katetri, 
pinset, vazelin, shpatel, steril qo‘lqoplar, lotok, klyonka, taglik, 
tuvak,  shirma,  siydik  chiqaruv  teshik  atrofini  yuvish  uchun 
zararsizlantiruvchi eritmalardan biri, kornsang, doka sharchalar. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin