O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Ich  ketayotgan  bemorlarni  parvarish  qilish



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Ich  ketayotgan  bemorlarni  parvarish  qilish.  Bemorning 
badanini, ichkiyimlarini va o‘rin - ko‘rpasini toza tutish lozim. 
Buning uchun har bir defekatsiyadan so‘ng orqa chiqaruv yo‘li-
ni iliq suv yoki zararsizlantiradigan kuchsiz eritma bilan yuvish 
lozim.  
Bemor unitazdan foydalanmasligi, axlatni ko‘zdan kechirish 
qulay  bo‘lishi  uchun  sudnoga  yoki  tuvakka  o‘tirishi  kerak.  Be-
morning tuvakdagi axlati va siydigiga 1 : 2 nisbatda xlorli ohak 
sepib,  bir  soat  qoldirish,  so‘ng  kanalizatsiyaga  oqizish  kerak. 
Bemordan  qolgan  ovqat  qoldiqlari  ham  shunday  zararsizlan-


113 
tiriladi.  Shaxsiy  tuvak  yoki  tagiga  qo‘yiladigan  sudnoni  zarar-
sizlantiradigan  eritma  bilan  yuvish,  suvda  chayish,  ustiga  qop-
qog‘ini  yopish  va  tagiga  bir  varaq  qog‘oz  solib,  polga  qo‘yish 
lozim.  Qog‘ozni  tez  -  tez  almashtirib  turish  va  yoqish  kerak. 
Bemorni parvarish qilishda ishlatilgan buyumlarni har kuni issiq 
suv  bilan  sovunlab  yuvish,  o‘yinchoqlarni  15  daqiqa  qaynatish 
yoki  zararsizlovchi  eritmaga  ho‘llangan  cho‘tkada  tozalash 
kerak.  Bemorning  kir  choyshab,  ichkiyimlarini  alohida  bakka 
yig‘ish  va  yuvishga  qadar  sovun  -  sodali  eritmalarda  15  daqiqa 
qaynatish  zarur.  Agar  ularga  axlat  tegib  ifloslangan  bo‘lsa, 
qaynatishgacha  chayish  va  chayindi  suvni  hojatxonaga  to‘kish-
dan avval bir soatga quruq xlorli ohak (l litr suvga 2 osh qoshiq-
dan) sepib qo‘yish kerak.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin