S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
Ichak faoliyati buzilgan bemorlarni parvarish qilish Ichakning asosiy vazifasi ovqatni hazm qilish, so‘rish va
harakatdan iborat.
Ichak faoliyatining buzilishi. Turli kasalliklarda ichak funk-
siyalari buzilib, og‘riq, ich qotishi, axlatni tutib tura olmaslik,
meteorizm, ichakdan qon ketishi, beixtiyor defikatsiya hodisa-
lari bilan o‘tishi mumkin.
Ich ketar – ichaklarning motor va sekretor funksiyalarning
buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar noto‘g‘ri
ovqatlanishda, ichaklardagi normal mikroflora buzilganda,
ichaklardagi yallig‘lanish kasalliklarda uchraydi. Asab faoliyatiga
bog‘liq ich ketish holatlari ham ma’lum. Ingichka ichakdagi
yallig‘lanish jarayoni (enterit) da axlat suyuq, mo‘l, och sariq –
ko‘kimtir (o‘t aralashmasidan) bo‘lib yo‘g‘on ichak shilliq par-
dasi yallig‘langanda (kolit) da ichi oz - ozdan shilimshiq, yiring
va qon aralash keladi.